Sogʻlom bola yili yangiliklari
Tumanimizda parrandachilikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu sohada olib borilayotgan ishlar natijasida yaqin kunlarda "Qoraqalpoq mahsulotlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida goʻsht yetishtirish yoʻnalishida 28 ming bosh parranda boqilishi va parrandachilik xoʻjaliklariga omuxta-yem ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Bugungi kunda bu korxonada qurilish taʼmirlash ishlari yakunlanib, omuxta-yem ishlab chiqarish uskunalarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
Kasaba uyushmalari faoliyati sarhisobi
Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi binosida tumanimizda faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari qoʻmitalari tashabbusi bilan davra suhbati oʻtkazildi. Yigʻilishda tumanimizda faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari qoʻmitalari rahbarlari, muassasa, korxona va tashkilotlardagi kasaba uyushmalari qoʻmitalari bashlangʻich tashkilotlarining qoʻmita raislari, tuman hokimligi va boʻlimlar, moliya muassasalari vakillari va boshqa tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi. "Mehnat sohasidagi dolzarb masalalar” mavzusida oʻtkazilgan ushbu davra suhbatida 2013 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014 yildagi ustuvor yoʻnalishlar, 2013-yilda jamoat shartnomalari va kelishimlarning bajarilishi, aholini ish bilan taʼminlash, mehnat haqi va mehnatni muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish va ijtimoiy nafaqalarning oʻz vaqtida toʻlanishida bank tizimi oldida turgan vazifalar, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ijtimoiy muhofaza va mehnat muhofazasi kabi masalalar boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi. Yigʻilishda koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yongʻin – tilsiz yov
Qish mavsumida isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanish, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, yosh bolalarni qarovsiz qoldirish yongʻinga sabab boʻlishi mumkin. Shularni eʼtiborga olgan holda, tuman ichki ishlar boʻlimining yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi tomonidan qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Boʻlinma tomonidan joylarda qator tekshiruv va
reydlar oʻtkazilmoqda. Korxona va tashkilotlarda, oʻquv maskanlarida yongʻin
xavfsizligi burchagi tashkil etilib, yongʻin xavfsizligi shartlariga beeʼtibor
qaragan rahbar va masʼul xodimlarga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrilmoqda. Shuningdek,
yongʻinning oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmagan korxona, tsex va
omborxonalardan foydalanish vaqtincha toʻxtatilishi ogohlantirilib, nosoz elektr
moslamalari, agregatlarning elektr tarmogʻidan foydalanishi taʼqiqlanmoqda.
Joriy yilda tumanimizdagi "Aziya Silk”, "Zas metall pradakshn” kabi xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar bilan bir qatorda "Amudaryo tekstil” xorijiy korxonasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi.
Ip-kalava ishlab chiqarishga moʻljallangan ushbu loyihani amalga oshirish doirasida 28,6 mlrd soʻm miqdorida investitsiya kiritilishi belgilangan boʻlsa, 2013-yil yakunlariga koʻra 43,8 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya kiritilib, hozirgi kunda qurilishi ishlari davom qildirilmoqda.
Bu loyiha yakuniga yetkazilishi natijasida 250 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶