OBODLIK – HAR KIMNING EZGU AMALI
Mahalla – Vatan içra kiçik Vatandir. Bu makon – mahallaning obodligi - ona
Vatanning obodligi, tom maʼnoda mamlakat va millat farovonligidir. Yurtboşimiz
I.A.Karimov obodlik tuşunçasiga alohida urğu berib: "obodlik deganda, xalqimiz,
millatimiz nafaqat körkam va çiroyli, şu bilan birga, tinçlik va osoyiştalik,
özaro mehr-oqibat, ahillik, qut-baraka hukmron bölgan joylarni tasavvur
qiladi”, - deganlarida aynan ana şu – barçamizning qalbimizga yaqin göşa –
mahallani nazarda tutgan edilar. Vaholanki, yuzlab, minglab oilalar ostonasidan
boşlanadigan mahallamiz zamini biz uçun har narsadan uluğ va muqaddas. Biz ana
şu muqaddas zaminda tuğilganmiz, uning barça neʼmatlaridan bahramand bölib
ulğayganimiz, emin-erkin yaşab, şu aziz tuproqqa bir daraxtday ildiz qöyganmiz.
Mahallamiz zaminining obodligi uçun fidoyilikni eng avvalo oilamizdan
boşlaşimizning boisi ham şundan.
Mahalla institutini rivojlantiriş ijtimoiy hayotdagi muammolarni hal etişda
fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini yanada jonlantiriş
mustaqillik yillarida davlatimiz siyosatining muhim yönalişlaridan biriga
aylandi. Çunki mamlakatning har jihatdan
taraqqiy etişi uçun mehnat maydonlarida fidoyilik körsatuvçi xalq mahallada
yaşaydi, ijod qiladi, yangiliklar yaratadi. Kelajagimiz egalari bölgan barkamol
avlodni voyaga yetkazişdek şarafli vazifani amalga oşiradi. Şu tufayli muhtaram
Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda: "bugungi mahalla har jihatdan obod,
körkam va yuksak darajadagi infratuzilmaga ega bölişi” zarur.
"Obod turmuş” yili Davlat Dasturi doirasida mahallalarimizni yanada körkam
va obod göşaga aylantiriş maqsadida
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2013-yil 12-yanvarda maxsus
bayonnomasi qabul qilindi. Uşbu bayonnomaga muvofiq "Qoraqalpoğiston Respublikasidagi
mahallalarga biriktirilgan vakillarning hududdagi mavjud muammolarni örganiş
hamda aholi bilan uçraşuvlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi” işlab çiqildi
hamda Respublika miqyosidagi barça mahallalarga zarur tavsiyalar berildi.
Uşbu tavsiyalarga muvofiq tumanimizdagi barça OFY va MFYlarga biriktirilgan
masʼul xodimlar fuqarolar yiğinlari raislari va profilaktika nozirlari bilan
birgalikda mavjud muammolarni örganiş va hal etişni allaqaçon boşlab yubordilar.
Xususan, mahallalar hududlariga kiruvçi uylarning, şu jumladan köp qavatli
uylarning holatini örganiş maqsadida xonadonlarga taşrif buyurib, xonadon
egalarining fikr va mulohazalari hamda turmuş tarzi bilan yaqindan tanişib,
ularning savollariga javob beriş, hududda obodonlaştiriş işlarining ahvoli qay
darajadaligini aniqlaş asnosida yeçimini kutayotgan muammolarni mutasaddi
rahbarlar bilan hamkorlikda bartaraf etiş çora-tadbirlarini amalga oşirişning
xalqqa manzur va maqbul jihatlariga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
Şu yilning 19-fevral kuni "Çoyköl" ovulida bölib ötgan uçraşuvda mutasaddi
taşkilotlar rahbarlari, mahalla qömitalari raislari, imomlar, fermer
xöjaliklari raislari, şuningdek aholi vakillari iştirokida yiğin hududidagi
mavjud muammolarni hal etiş borasida oçiq muloqot ötkazildi.
Uçraşuvda hududda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş,
sanitariya holatini, obodonlaştiriş işlarini jonlantirişda davlat organlari va
jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş, muammolarni örganiş va bartaraf qiliş böyiça zarur
çora-tadbirlar belgilab olindi.
Bu kabi ezgu işlarga kirişiş va mahalla institutini yanada rivojlantirişga
qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun tumanimizdagi barça OFY va MFY
rahbarlariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2013-yil 12
yanvardagi maxsus bayonnomasiga muvofiq işlab çiqilgan tavsiyalar berildi.
Xöş, bu tavsiyalarning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
Unga köra, yuqorida taʼkidlaganimiz kabi mahallalarga biriktirilgan masʼul
xodimlar hamda yiğin oqsoqollari va raislar doimiy ravişda mahalla ahli bilan
uçraşib turadilar va yeçimini kutayotgan muammolarni hal etiş çora-tadbirlarini
köradilar. Bundan taşqari, mahalla hayotiga oid muammolarni toifalarga bölib,
ularning yeçimini taʼminlaş maqsadida oylik, haftalik, çoraklik va yillik
rejalar işlab çiqadilar. Mahalla kuçi (köproq haşar) bilan qilinadigan, tuman hokimligiga oid masalalarni hal
etişni taşkillaştiradilar. Xususan, işsizlikni bartaraf etiş, kommunal, soliq
va majburiy tölovlarni öz vaqtida tölaş, aholi xavfsizligini taʼminlaş, hududda
pasport rejimiga rioya etiş, sanitariya madaniyatini yuksaltiriş, irrigatsiya
tarmoqlari holatini yaxşilaş, aholi turar joylarida fuqarolar tomonidan böş
yotgan yer maydonlarini özboşimçalik bilan
egallaş, har xil noqonuniy qurilişlar qiliş, ayniqsa, köp qavvatli uy-joylarning
içki arxitekturasiga özgartişlar kiritişga çek qöyiş, töy-tantanalar hamda dafn marosimlarini
isrofgarçiliksiz ötkaziş bilan boğliq masalalarni hal etiş yuqorida biz tilga
olgan tavsiyalarning asosini taşkil etadi.
Eʼtiborli tomoni şundaki, uşbu tavsiyalar asosida iş olib boruvçi fuqarolar
yiğini maʼmuriyati yiğin hududida amalga oşirilayotgan kompleks tadbirlar
ijrosini nazorat qiliş Kitobini yuritadi hamda har bir qilingan iş yuzasidan
maʼlumotlar uşbu Kitobga qayd etib boriladi.
Mahalla Kitobi – mahalla ahli turmuş tarzini aks ettiruvçi oyna. U tom
maʼnoda mahallaning kundaligi – ezgu işlar, yangi rejalar, muammolarni hal etiş
yölida taraqqiyot sari qöyiladigan qadamlar qaydnomasi. Eng muhimi, tuğilgan
yerga muhabbati baland mahalla ahlining orzu-umidlari bitiladi unga.
Tuğilgan yering – ota makoning, - deydilar. Ota makoningning qiyofasi bu - sening maʼnaviy
qiyofang. Demak, oilamiz ostonasidan boşlanadigan, kindik qonimiz tökilgan Vatan
tuproğini gullab-yaşnatiş, mahallamizni har jihatdan körkam va obod göşaga
aylantiriş, elu yurtning körki, Ona Vatanning kelajagi bölgan yoş avlodni har jihatdan yetuk va
barkamol insonlar qilib voyaga yetkaziş – har birimizning, burçimizdir. Bu burçga
sadoqat oilamizning totuvligida, hayotimizning tökisligida, urf-odatlarimizning,
maʼnaviy qadriyatlarimizning gözalligida, qöni-qöşni, tuğişgan-qardoşga
mehr-oqibatimizda, hovli va uylarimizning fasadi körkam, köça va
guzarlarimizning orastaligida, turmuş tarzidan köngli töq xalqimizning obodon
hayotida namoyon böladi.
Azizlar, biz şarqona, gözal urf-odatlarni öz feʼlida mujassam etgan, sözida
sobit, fikrida mardona Özbekmiz. Bizning xalq heç qaçon özganing siltovi,
yuqorining buyruği bilan özgarişlar qilişga odatlanmagan. Oilasidan boşlangan
gözal özgarişni avvalo mahallasiga, keyinçalik mamlakat miqyosiga olib çiqqan,
mustaqillikning ezgu ğoyalariga hamohang turmuş tarzini şakllantirgan
xalqmiz. Demak, öz uyi, mahallasi,
kindik qoni tomgan zamin – ona Vatan taraqqiyoti uçun masʼullik tuyğusi bor ekan, oila – mahalla – Vatan obodligi uçun
har lahzada bir ezgu qadam qöyiladi. Zotan, obodlik – har birimizning ezgu
amalimiz!
Robiya
YÖLDOŞEVA,
Allambergan
JUMANIYoZOV,
"www.amunews.uz" veb-sayti muxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶