BOLAM YoZ MAVSUMINI KÖNGILLI ÖTKAZSIN DESANGIZ…
Yoz – barça bolalar faol dam oladigan payt. Ular tabiat qöyniga sayohatga çiqiş, sport turlari bilan şuğullaniş, öyinlar öynaş, çömiliş imkoniyati tuğilganidan şod böladilar.
Kiçik yoşdagi bolalar köproq arğimçoq uçişga intiladilar, özini uddaburon körsatib, arğimçoqni qöli bilan uşlamagan holda uçib, pastga sakraydilar. Natijada arğimçoqdan sakragan bola yonida turgan bolaga borib urilişi va jarohatlanişi mumkin.
Katta yoşli bolalar esa sport öyinlari, ayniqsa futbol öynaş çoğida şikastlanadilar. Koptokni yugurib kelib tepiş, notöğri koptok oşiriş ham paylar çözilişiga, böğimlar şikastlanişiga, hatto qöl-oyoq suyaklari sinişiga ham olib keladi.
Bundan taşqari, kunlar isişi bilan hamma, katta-yu kiçik suvda çömilişni xuş körişadi. Lekin çömilişda ham öziga yaraşa qonun-qoidalar mavjud.
Demak, çömiliş vaqtida ham turli jaroxatlar oliş mumkin.
Jaroxatlarning oldini oliş uçun quyidagi talablarga rioya qiliş kerak. Avvalo, çömiliş havzasi toza, suvi almaştirilib turiladigan xavfsiz joy bölişi talab etiladi. Şuningdek, çömilişga şifokor körigi va tavsiyasidan söng boriş foydalidir.
Çömilişni kunning quyoşli, şamolsiz, havo harorati 20-25 daraja, suv harorati 17 - 19 daraja bölganda boşlang.
Quyoş vannasi qabul qilganda, yugurişdan söng, faol öyinlardan keyin, tayyorgarlik qilmasdan turib tezda suvga tuşiş aslo mumkin emas. Taom qabul qilinganidan bir soat ötgandan söng çömiliş juda foydali. Har doim çömilişdan oldin dam oliş va keyin çömiliş inson tanasiga yaxşi taʼsir qiladi. Oçiq va oqar suv havzalarida, kanalda çömilganda qirğoqdan uzoqqa suzmang, oğohlantruvçi belgilardan ötib ketmang. Tez oqar kanal va daryo suvida çömiligi bolalar uçun xavfli va bunga aslo yöl qöymaslik kerak.
Şuni unutmaslik kerakki, suvda 10-15 daqiqadan ortiq çömiliş tanani sovutib, odamni lohas qilib qöyişi mumkin. Şuning uçun tanada tirişiş paydo bölsa, özingizni yöqotmang, atrofingizdagilarni yordamga çaqiring va özingizga notaniş bölgan joylarda suvga umuman sakramang.
Yuqoridagilarga amal qiliş – salomatligingiz garovi bölib, turli jaroxatlanişlardan saqlanişning asosidir.
I.NURIMBETOV, tuman Tibbiyot birlaşmasi bolalar jarroxi,
Qizil yarim oy jamiyati tuman bölimi ijroçi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶