Ğalla örim-yiğimi jadal davom etmoqda
Mamlakatimizning barça hududlarida ğalla örim-yiğimi qizğin tarzda davom etmoqda. Tumanimizda ham örim-yiğim mavsumi uyuşqoqlik bilan ötkazilmoqda va rizq-rözimiz bölgan ğalla nest-nobud qilinmay, qisqa fursatlarda yiğiştirib olinmoqda.
Tumandagi fermer xöjaliklari tomonidan 3 ming 350 gektar maydonga ğalla ekilgan bölib, barça agrotexnik qoidalar öz vaqtida bajarilganligi tufayli möl hosil yetiştirildi. Fermer xöjaliklari tomonidan davlatga şartnomaviy don sotiş rejasi 6695 tonnani taşkil etadi. Ğalla örim-yiğimini tizimli olib boriş maqsadida mavsum boşlanişida 13 ta otryad taşkil etilib, uşbu otryadlarga 35 ta yuk avtomaşinalari, 58 ta transport traktorlari, 92 ta tirkamalari, yoqilği taşiş vositalari, şuningdek, har bir otryadga köçma taʼmirlaş ustaxonalari hamda masʼul xodimlar biriktirildi. Undan taşqari, işçilar va mexanizatorlarning vaqtida dam olişi va ovqatlanişlari uçun barça şaroitlar yaratildi.
"Taxiatoş-don mahsulotlari” hissadorlik jamiyatining "Manğit-don” filialiga qaraşli Qipçoq don qabul qiliş maskanida ham işlar qizğin davom etmoqda. Bu yerga fermer xöjaliklari tomonidan kuniga 750-830 tonnadan don topşirilmoqda. Biriktirilgan transport traktorlari va yuk avtomaşinalari tomonidan taşib keltirilayotgan hosil betöxtov qabul qilinmoqda. Undan taşqari ular belgilangan örinlarda tökib quritilib, tozalab olinmoqda.
Ilğor xöjaliklardan “Rajabova Bahor”, “Yöldoşev Anvar”, “Jumaboyev Jölliboy”, “Eşniyozov Yöldoş” fermer xöjaliklari esa belgilangan 22 tsentner örniga 30 tsentnerdan topşirib, rejani ortiği bilan uddalaşdi. Ğalla ekilgan 328 fermer xöjalikdan 130 tasi muddatidan oldin davlat şartnomasini bajarişga erişdi.
Bu yil dalalarda hosil möl. Mirişkor dehqonlar mehnati evaziga yetiştirilgan ğalla uyuşqoqlik bilan yiğib olinib, davlatga uruğlik zahirasi bilan birga yana rejadan taşqari 3500 tonna topşiriş rejalaştirilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶