ANDIJON VILOYaTI MUSIQALI DPAMA TEATPI IJODKOPLAPI MANĞITDA PPEMEPA NAMOYIŞ ETIŞDI
Bir neça kundirki, respublikamiz poytaxti Nukus şahri bayram oğuşida: “Seni kuylaymiz, zamondoş” deb nomlangan mamlakatimiz drama teatrlarining anʼanaviy beşinçi körik festivali bölib ötmoqda. Musiqa drama teatrlari ijodiy jamoalari bu yerda zamonamizning qahramonlari obrazi mukammal öz ifodasini topgan spektakllarini namoyiş etişmoqda, ijodkorlar bir-birlari bilan özaro ijodiy fikr almaşib, tajriba almaşişmoqda.

Mazkur anjumanda Andijon viloyati musiqali drama teatri jamoasi Bahodir Murod Alining “Munojot” spektaklini namoyiş etişdi. Nukus şahar yoş tomoşabinlar teatrida bölib ötgan spektakl premerasini tomoşabinlar juda iliq qarşi olişdi.
Şu yilning 14-iyun kuni mazkur jamoa tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida şu spektaklni amudaryoliklar hukmiga ham havola etişdi. Ishoqjon Ergaşev rejissyorligida sahnalaştirilgan spektaklda boş qahramon Ozoda obrazi orqali hayot taşvişlariga böyin egmay, öz eʼtiqodiga sodiq qolgan, kuraşgan va orzu-niyatlariga erişgan zamonamiz qahramoni gavdalantirilgan. Spektaklda rollarni Özbekistonda xizmat körsatgan artist Muruvvatxon Qodirova hamda tajribali sanʼatkorlar Ibrohimjon Normatov, Mavluda Boymurodova, Şohistaxon Mahmudova, Habibullo Yunusovlar va yoş iqtidorli aktyorlar ijro etişgan.

- Bizning premeramizni Nukusda ham, Manğitda ham tomoşabinlar zör qiziqiş bilan tomoşa qilişgani juda ruhimizni kötarib yubordi. Bizga kerakli şaroit yaratib berişgani uçun juda minnatdor böldik. Ijodkorlar uçun tomoşabin eʼtibori, olqişidan ulkan mukofot yöq, - deydi spektakl rejissyori Ishoqjon Ergaşev.
Amudaryoliklar spektakl premerasini maroq bilan tomoşa qildilar va köngilli dam oldilar.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶