Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov özi taʼlim olgan maktabga 300 ga yaqin kitoblar sovğa qildi
Mavzuga oid video:
Şu yilning 19-mart kuni Özbekiston Pespublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida yoşlarlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, kitobxonlikni tarğib qiliş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari yiğilişda aholi, ayniqsa, yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş masalasiga alohida töxtalib, “Har bir rahbar özining şaxsiy kutubxonasidan özi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovğa qilsa, bu yaxşi taşabbus bölib, kitobxonlikni rivojlantiriş bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir körsatadi”, deb taʼkidladi.
Prezidentimizning uşbu taşabbusi davlat organlari, keng jamoatçilik tomonidan qizğin qöllab-quvvatlanmoqda. Butun Özbekiston böylab kitob sovğa qiliş aktsiyasi boşlandi.
Şu munosabat bilan 1-aprel kuni Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Amudaryo tumaniga taşrif buyurib, özi tahsil olgan 31-sonli maktabda böldi va maktab kutubxonasiga 300 ga yaqin sara kitoblarni sovğa qildi.

Hozirda maktabda 778 nafar öquvçi tahsil olayotgan bölib, ularning öqib bilim olişi uçun maktab kutubxonasida 825 ta kitob jamlangan. Endilikda maktab kutubxonasi jahon va özbek adabiyotining sara asarlari bilan yanada boyidi.

Eslatib ötamiz, Farxod Urazbayeviç Ermanov 1958-yilda Amudaryo tumanida tuğilgan. 1981-yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti hamda 1996-yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan.
1995-1998-yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004-2010-yillarda Qoraqalpoğiston Pespublikasi qişloq xöjaligi vaziri, 2010-2018-yillarda Beruniy tumani hokimi lavozimlarida işlagan. 2018-yildan buyon Xorazm viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritmoqda. F.Ermanov Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶