Soğlom bola yili yangiliklari
Mintaqaviy seminar kengaş bölib ötdi
ÖzXDP Markaziy Kengaşi taşabbusi bilan tumanimizda partiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi masʼul xodimlari iştirokida mintaqaviy seminar kengaş taşkil qilindi.
Seminarda Prezidentimizning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi maʼruzasidan kelib çiqadigan vazifalar va 2014-yilda partiya oldida turgan dolzarb masalalar muhokama etildi.
Yangi xizmat körsatiş obʼekti iş boşladi
Örta qalʼa ovulining "Panaşam” aholi punktida "Akbarjon-Hamidaxon" MÇJga qaraşli yangi hammom binosi qurilib, foydalanişga topşirildi.
Bir vaqtning özida 9 nafar kişiga xizmat körsatişga möljallangan uşbu obʼektda mijozlar uçun barça şaroitlar yaratilgan.
(Reklama huquqi asosida)
Salomatlik mavzuida seminar-kengaş
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan "Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yanada yaxşilaşda, aholi orasida, ayniqsa yoşlarga soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda OAVlarning rolini oşiriş" loyihasi doirasida şu yilning 24-yanvar kuni Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejida "Soğlom turmuş tarzi - salomatlik garovi" mavzuida seminar-kengaş ötkazildi. "Taraqqiyot közgusi" gazetasi, Tuman tibbiyot birlaşmasi huzuridagi "Salomatlik markazi" hamda tuman DSENM şifokorlari bilan hamkorlikda ötkazilgan mazkur tadbirda kollejning yuqori bosqiç öquvçi yoşlari hamda öqituvçilari iştirok etdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶