Sud qarorlarini nazorat tartibida qayta tekşiriş şaxs huquqi va manfaatlarini işonçli himoya qilişga xizmat qilmoqda
Muhtaram Yurtboşimiz Islom Karimov Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi «Amalga oşirayotgan islohotlarimizni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyati quriş – yoruğ kelajagimizning asosiy omilidir» nomli maʼruzasida «…sudlarning mustaqilligi va erkinligini mustahkamlaş, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarining işonçli himoyasini taʼminlaş böyiça izçil işlar amalga oşirildi…, jinoyat işini yuritişda sud nazoratini mustahkamlaş, himoya va ayblov tortişuvini taʼminlaş tizimi va mexanizmlarini takomillaştirişda «Xabeas korpus» instituti qöllanişini kengaytiriş böyiça qonun hujjatlari amalga oşirildi…, sudgaça iş yuritiş bosqiçida tergov ustidan sud nazorati kuçaytirildi…» deb taʼkidlab ötgan edi.
Mamlakatimizda sud-huquq islohotlari natijalarining biri sifatida sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini taʼminlaş maqsadida kassatsiya instantsiyasida körib çiqiş tartibi isloh qilindi va apellyatsiya tartibi joriy qilindi. Fuqarolar qonuniy kuçga kirib ketgan sud qaroridan norozi bölgan taqdirda, öz huquqlarini nazorat tartibida yuqori instantsiya sudlarining muhokamasida himoya qiliş imkoniyatiga ega böldi.
Sudning qarorlari ustidan nazorat tartibida şikoyat beriş (protest bildiriş) va ularning qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan sud qarorlarini tekşiriş Özbekiston Respublikasi JPKning 57-bobida (510-527-moddalar) belgilab qöyilgan.
Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan jinoyat işlarini nazorat tartibida köriş amaliyoti töğrisida»gi 2008-yil 15-maydagi 12-sonli qarorida uşbu masalalar böyiça körsatmalar berilgan.
Yuqoridagi qonun talablarini bajarişda, yaʼni nazorat instantsiyasiga kelib tuşayotgan şikoyat va arizalarni qayd etiş, röyxatga oliş va ularni rasmiylaştirişni töğri amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2013-yil 24-iyundagi RS-26-13-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpoğiston Respublikasi jinoyat işlari böyiça Oliy sudi, jinoyat işlari böyiça viloyat va Toşkent şahar sudlarida iş yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaning tegişli körsatmalari muhim ahamiyatga ega böldi.
Nazorat institutining ahamiyati şundan iboratki, bunda birinçi, apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlari tomonidan çiqarilgan sud qarorlarini qayta tekşiriş imkoniyati mavjud bölib, uşbu bosqiç orqali sud qarorlarining qançalik qonuniy, asosli va adolatli ekanligi tekşiriladi va fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarining himoya qilinişiga erişiladi.
Nazorat tartibida iş yuritiş faqat apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida körilgan işlar böyiça qözğatiladi.
JPKning 510-moddasiga muvofiq, nazorat tartibida iş yuritiş nazorat protesti bildiriş töğrisidagi iltimosnomaga muvofiq qözğatiladi. Bunday iltimosnoma bilan mahkum yoki oqlangan şaxs, uning himoyaçisi yoki qonuniy vakili, jabrlanuvçi yoki uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari murojaat qilişga haqli.
JPKning 514-moddasiga muvofiq, nazorat protesti bildiriş haqidagi iltimosnoma bir oygaça bölgan muddatda, iş talab qilib olinadigan va tekşiriladigan hollarda esa ikki oygaça bölgan muddatda körib çiqilişi lozim.
Çiqarilgan hukmlar va ajrimlar (qarorlar) bilan birga işlarni nazorat tartibida körib çiqişga qonunda protest bildiriş huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ularning örinbosarlari protest bildirgandagina yöl qöyiladi.
Qonunda iltimosnoma (protest) beriş uçun biron-bir muddat belgilanmagan. Şu bilan birga, JPKning 513-moddasi mazmuniga köra, hukm (ajrim) qonuniy kuçga kirgan kundan boşlab bir yil ötgandan söng berilgan iltimosnoma (protest), başarti unda oğirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qöllaş zarurligi, jazoni kuçaytiriş yoki mahkumning ahvolini oğirlaştiradigan boşqa özgarişlar (mahkumni öta xavfli retsidivist deb topiş, jazoni ijro etiş koloniyasining qattiqroq turini belgilaş, şartli hukmni bekor qiliş, undiruv miqdorini köpaytiriş, başarti bu jinoyat kvalifikatsiyasini mahkumning ahvolini oğirlaştiruvçi tomonga özgartirişga olib kelsa va h.k.), şuningdek, oqlov hukmini yoxud işni tugatiş töğrisidagi ajrimini bekor qiliş nazarda tutilgan bölsa, sud tomonidan qanoatlantirilişi mumkin emas.
Iltimosnomani körib çiqişda sudlar şundan kelib çiqişlari lozimki, iltimosnomada bayon etilgan vajlar sud hukmi, ajrimi yoki qarorining qonuniyligi va asosliligi yuzasidan şubha uyğotgan yoki bunday şubha bevosita sud qarorlari mazmunidan kelib çiqqan har bir holda iş çaqirtirilişi şart.
Qonunga, yuqoridagi Plenum qarori va Yöriqnomaga köra, protest bildiriş uçun asoslar bölmaganda nazorat instantsiyasida jinoyat işini örgangan sudya iltimosnoma vajlarini rad etuvçi hamda hukm yoki boşqa sud qarori qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovçi aniq dalillar va asoslar bayon etilgan holda xulosa tuzadi. Sud iltimosnomani qanoatlantiriş rad etilganligi va protest bildiriş uçun asoslar yöqligi töğrisida ariza muallifiga xat orqali xabar yuborişi lozim bölib, unda iltimosnomaning sud qarori töğriligini şubha ostiga oluvçi barça vajlariga asoslantirilgan javoblar berilişi lozim.
Nazorat tartibida iş yuritişning apellyatsiya tartibidan farqli xususiyati şundan iboratki, nazorat instantsiyasi sudi faqat qisman sud tergovi ötkazişi, şu jumladan, birinçi instantsiya sudi tomonidan tekşirilmagan dalillarni tekşirib çiqişga va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlar natijasiga köra huquqiy baho beriş mumkin. Birinçi, apellyatsiya (kassatsiya) instantsiyalari sudi tomonidan işning haqiqiy holatlari qançalik töğri aniqlanganligini, moddiy va protsessual qonun normalari qançalik töğri qöllanilganligini tekşiradi.
Bu borada Qoraqalpoğiston Respublikasi jinoyat işlari böyiça Oliy sudi raisi tomonidan 2013-yil davomida Oliy sud rayosatiga 7 ta şaxsga nisbatan 4 ta jinoyat işi böyiça nazorat tartibida protest keltirilgan. Şundan 2 ta şaxsga nisbatan 2 ta jinoyat işi böyiça sud qarorlari bekor qilingan, 4 ta şaxsga nisbatan 2 ta jinoyat işi böyiça sud qarorlariga özgartirişlar kiritilgan, 1 ta şaxsga nisbatan sud qarorlari özgarişsiz qoldirilgan.
Bu kabi holatlar nazorat instantsiyasi tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining amalda samarali himoya qilinayotganligidan dalolat bermoqda.
P.Xojabekov,
Qoraqalpoğiston Respublikasi jinoyat işlari böyiça Oliy sudi raisi.
(Foto - http://kamolot.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶