Soğlom bola yili yangiliklari
Qunduzoy - "Kamalak yulduzlari"dan biri
Mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodning qiziqişlariga monand ravişda ularning qobiliyatlarini rivojlantiriş va davlat tomonidan rağbatlantirişga alohida eʼtibor beriladi. Bu borada "Kamolot" YoIH Markaziy Kengaşi va Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan ötkazilib kelinayotgan "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivali ham muhim ahamiyatga ega.
Tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslaşgan maktab-ning 7-sinf öquvçisi Qunduzoy Yusupova mazkur tanlovning tuman va Respublika bosqiçlarida muvaffaqiyatli qatnaşib, "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalining eng faol iştirokçisi sifatida "Kamolot" YoIH Markaziy Kengaşi hamda Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan maxsus sertifikat hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda
"Toşyop" ovul fuqarolar yiğinida faoliyat yuritayotgan Jinoyatçilik profilaktikasi sektori aʼzolari ovul hududida jinoyatçilikning, tartib buzilişlarining oldini oliş borasida belgilangan reja asosida tizimli iş olib bormoqdalar. Xususan, ötgan oy davomida sektor aʼzolari çetga işga ketgan 8 nafar fuqaro, kasb-hunar kollejiga öqişga muntazam qatnaşmayotgan 3 nafar öquvçi hamda jazo muddatini ötab kelgan 2 nafar şaxslarning oilalarida bölib, kerakli tuşuntiriş-tarğibot işlarini olib bordilar.
Yangi uslubiy qöllanma naşr qilindi
Özbek tili va adabiyoti fanini çuqur örganişni öz oldiga maqsad qilib qöygan odam eng avvalo özbek tili grammatikasini yaxşi bilişi zarur. Tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Hulkaroy Xöjaniyozovaning 2013-yilda "Bilim" naşriyotida çop etilgan "Diktantlar töplami" ham ana şu maqsadga xizmat qilişga möljallangan.
Mazkur töplam öqituvçilarning özbek tili grammatikasining boy imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda dars ötişlarida haqiqiy uslubiy qöllanma hisoblanadi. Qöllanmada öquvçilarning yozma va oğzaki nutqlaridagi imloviy xatolarni bartaraf etiş usullari, 5-va 9-sinflar uçun oğzaki va yozma nutqni rivojlantirişga möljallangan diktantlar mavzulari, kiriş söz va kiriş birikmalarda tiniş belgilari hamda undalmalarda vergullarning işlatilişiga oid muallifning uslubiy tajribalari öz aksini topgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶