HAM RAIS, HAM FERMER
Bugun yurtimizda dehqonçilik madaniyatini oşirişga astoydil intilayotgan , dehqonçilikda yuksak natijalarga erişib, öz faoliyati bilan barçaga namuna bölayotgan fermerlar köplab topiladi. Qiliçboy ovulida faoliyat körsatayotgan “Yaqubboy Aşirov” fermer xöjaligi raisi, yer bilan tillaşa oladigan, qişloq xöjaligi sohasida ulkan tajribaga ega Yoqubboy Aşirov ham ana şundaylarning biri.
2009-yildan buyon faoliyat körsatayotgan köptarmoqli xöjalikda mahsulot yetiştiriş rejalari barça sohalar böyiça ado etib kelinayapti.
Mazkur fermer xöjaligida hozirgi kunda 138 gektar ekin maydoni mavjud. Şundan 86 gektariga ötgan yillar davomida uruğlik çigit ekilib, közlanganiday hosil yetiştirildi.Ayni kunda joriy yilgi ekinlarni ekiş işlari qizğin bormoqda.
Şuningdek, fermer xöjaligi yerlarining şörlaniş darajasi yuqori bölişiga qaramasdan sönggi yillarda buğdoy ekilgan 18 gektar maydondan olingan hosildorlik 45-50 tsentnerga kötarildi. Bulardan taşqari soya, kartoşka, beda ekinlari ham yetiştirilmoqda.
Fermer xöjaligi hududida 4.5 gektar intensiv boğ, issiqxona, tabiiy baliq havzasi, buğdoy va şoli tegirmonlari taşkil etilgan. Şuningdek, 20 boş qoramol, 35 quti asal ari boqilmoqda. Bugungi kunda ularning sonini köpaytirişga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Fermer xöjaligi barça dalalariga ekin ekiş,parvarişlaş, örib- yiğib olişda işlatiladigan zarur texnikalarga ega. Yoqubboy Aşirov xöjaligi daromadidan har yili hududdagi kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamlar berib , aholini xursand qilayapti.
Fidoyi, tinib-tinçimas fermer Yo. Aşirov Qiliçboy MMTPga ham raislik qilmoqda.U kabi yurtdoşlarimiz dasturxoni tökin bölişiga bel boğlagan insonlar köpayaverişini tilab qolamiz.
Otabek Rahimboyev,
QQDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶