Nazir Pahimov xotirasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
El suygan sanʼatkor Nazir Pahimov qiska umri davomida oʻziga xos ijro uslubi va yaratgan kuy-qoʻshiqlari bilan mumtoz sanʼatni yanada rivojlantirishga hissa qoʻshib yashadi. Shu bilan birga koʻplab shogirdlar yetishtirib, oʻzidan oʻchmas iz qoldirdi.
22-aprel kuni Qilichboy Madaniyat markazida ustoz sanʼatkorni eslab xotira kechasi oʻtkazildi. Markaz foyesida Nazir Pahimovning hayotiga doir fotoalbomlar, ishlatgan soz va musiqa asboblaridan iborat koʻrgazma ham tashkil etildi. Kechada sanʼatkorning oila aʼzolari, yaqinlari va markazda tashkil etilgan toʻgaraklar tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar. Nazir Pahimovning farzandi Sayyora Abdurahmonova uning hayoti va ijodi haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, toʻgarak tarbiyalanuvchilari tomonidan sanʼatkor yaratgan kuy va qoʻshiklar ham ijro etildi.
Xotira kechasi barchada katta taassurot qoldirdi.
N.Eshchonova,
tuman Madaniyat markazi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶