Sport haftaligida ayol-qizlar faol iştirok etdilar
Ayollar örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, onalar salomatligini mustahkamlaş, ularni sport uçun vaqt ajratişga undaş maqsadida Xotin-qizlar qömitasi tomonidan sport haftaliklari taşkillaştirilib, ommaviy sport tadbirlari ötkazib kelinmoqda.
Tuman Xotin-qizlar qömitasi tomonidan 11-16-mart kunlari “Xotin-qizlar sport haftaligi” deb eʼlon qilindi. Mazkur haftalik davomida har kuni ertalab hududlardagi sport inşootlarida ertalabki badantarbiya maşğulotlari ötkazilib, ularga ovul va mahallalarda yaşovçi faol bölmagan ayol-qizlar ham jalb etildi. Sportning stol tennisi, voleybol, basketbol, mini futbol, şaxmat-şaşka turlari böyiça tuman markazidagi taʼlim muassasalari sport inşootlarida ötkazilgan musobaqalarda ayol-qizlar katta qiziqiş bilan iştirok etib, öz mahoratlarini namoyiş etdilar. Haftalik doirasida ötkazilgan sport musobaqalarida faol qatnaşib, ğolib bölişga erişgan 11-sonli, 12-sonli, 40-sonli va 38-sonli umumtaʼlim maktablari sportçi ayol-qizlari taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar örtasida sportni ommalaştiriş va soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş maqsadida ötkazilayotgan sport haftaliklari ayol-qizlarning sportga qiziqişlarini, faolligini yanada orttirmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶