Navröz nafasi
Hayotda goh özib, keçikkanimda,
Taşvişlar komida ğam çekkanimda.
Armonlarga tutqun, tiz çökkanimda,
Onamni soğinib, içikkanimda –
Bir siqim tuproqda tuyaman ifor –
Vatanga kök solib kelganda Bahor!
Amu sohillarin kezaman yayov,
Maysarang söqmoqlar könglimga suyov.
Anov tölqinlarda bir kuç bor – dayov,
Öşal kuç yondirar Daryoni! Lov-lov!
Köngillar tölğonib çekadi ozor –
“Orol!” – deb daryoga çökkanda Bahor!
Yurtda iş pallasi – qizğin jarayon,
Dunyo nigohida har taraf, har yon.
Daryosin yöqotgan qirğoqlar giryon,
Tuzlar böhronida diydirar osmon...
Dillarda yuksalar Vatan degan or –
Möynoq tomonlarda kezganda Bahor!
Oqibat, muhabbat – baridan ğolib,
Köngillar-köngilga talpinar yonib.
Har dilga bahoriy jaranglar solib,
Orol bağri borar yaşil rang olib.
Mehrdan suv içib unar örmonzor –
Şu yerdan boşlanar Vatanda Bahor!
Axir bu yerlarga köçgan bugun Xalq,
Bugun özi Daryo, özi Dengiz – Xalq.
Şovullab turganin kördingizmi, naq
Ummonday Orolni töldirganin Xalq!
Bunda ona xalqim tun-u kun bedor,
Navröz zavqin olib kezadi Bahor!
Qumrilar juftlaşib uçdilar bu dam,
In qurmoq jazmida çağalaylar ham.
Mehnat maydonida bölib jam-ul- jam,
Yerga uruğ qadar Hazrati Odam!
Ona tabiatga mehri ustuvor
Insonlar qalbida uyğondi Bahor!
Bugun könglim mening osmon kabidir,
Ona xalqim ğaniy, xalqim – nabidir.
Farzandlari uning ilmi kaviydir,
Tinçlik, farovonlik – el matlabidir.
Yer-u osmonlari gözal, betakror
Yurtimni soğinib keladi Bahor!
Amu suvin içgan uluğ ellarda,
Yeröçoqlar qurdik mahallalarda.
Möynoq, Orol tomon eltar yöllarda,
Navröz nafasi bor qir-u çöllarda
Sumalak sayliga köngillar xumor –
Har uyga kök terib kiradi Bahor!
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶