Fermer xöjaliklari faoliyatidagi kamçiliklar bartaraf etilayapti
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanişi ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi Amudaryo tumani bölimi tomonidan paxta va ğalla agrotexnikasi va qişloq xöjaligi texnikalarining mavsumga tayyorgarligi, qişloq xöjaligi, melioratsiya va yöl qurilişi texnikalari böyiça nazorat işlari olib borilganda bu işlar böyiça qator kamçiliklar mavjud ekanligi aniqlandi.
Tumanda bir qança transport vositalarining davlat raqami belgilari almaştirilgan, fermer xöjaliklariga tegişli bölgan texnikalarning köpçilik qismi texnik körikdan ötkazilmagan.
Inspektsiyaning tuman bölimi xodimlari uşbu kamçiliklarni bartaraf qiliş maqsadida transport vositalarining eski davlat raqami belgilarini yangisiga almaştiriş, fermer xöjaliklari texnikalarini texnik körikdan ötkaziş, ularga yangi texnik pasportlar beriş işlarini taşkillaştirdilar.
Şuningdek, Nazarxon ovulidagi “Yernazarov Doston” va “Ametov Nazarboy” fermer xöjaliklarida, Qangli ovulidagi “Diyorbek Qanjiğali”, “Qum yop” va “Fayzulla Madiyor” fermer xöjaliklariga tegişli bölgan çigit ekiş seyalkalari va boşqa texnikalarining töla taʼmirlanmaganligi aniqlanib, bunday kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶