“Taraqqiyot” aholi punktidagi 200 ga yaqin xonadon oqar suv bilan taʼminlandi
Suv – hayot, tiriklik manbai. Tabiat muvozanati va insoniyat barhayotligini asraş uçun undan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaniş ğoyat muhim ahamiyatga ega.
“Daryoböyi” mahallasidagi aholi xonadonlarining tomorqa yerlarini oqava suv bilan taʼminlab kelayotgan “Ğovaça yorğon” kanalining kömilib qolganiga ança yillar bölgan edi. Bu ötgan davr mobaynida asosan dehqonçilik va çorvaçilik bilan şuğullanuvçi aholi uçun suv tanqisligi muammosini keltirib çiqardi. Aholi tomorqa yerlariga hududga yaqin bölgan kanallardan biriga 2 ta elektr nasosi örnatiş orqali suv keltirilgan bölsa-da, uni barça xonadonlarga yetkazişning imkoni bölmayotgan edi.
Sönggi paytlarda mahallada yaşovçi aholi uçun bu katta muammoga aylangani sababli fuqarolar yiğini masʼullari va faollar yeçim topiş maqsadida tuman hokimligiga murojaat qildilar. Tomorqa yerlariga suv yetkazişda qiynalayotgan aholiga tuman hokimligi va suv xöjaligi bölimi tomonidan yordam körsatildi. Zarur texnika keltirilib, “Ğovaça yorğon” kanalini qaytadan qaziş işlari boşlab yuborildi. Hozirgi kunda kanalning 750 metrga qadar yeri qazildi hamda “Taraqqiyot” aholi punktidagi 200ga yaqin xonadon tomorqa yerlariga elektr nasoslari yordamisiz ham suv keltiriş imkoniyati yaratildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶