Vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan bayram tadbiri
Har qanday davlatning mustaqilligini birinçi navbatda uning öz armiyasi himoya qiladi. Şu bois istiqlolimizning dastlabki kunlarida — 1991-yil 6-sentyabrda Özbekiston Mudofaa işlari vazirligi taşkil etilib, 1992-yil 14-yanvar kuni mamlakatimiz hududidagi barça harbiy qism va bölinmalarni Özbekiston tasarrufiga ötkaziş töğrisida qaror qabul qilingan edi. 1993-yilning 23-dekabrida esa Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining qarori bilan 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni qilib belgilandi. Mana, bir neça yildirki bu sana butun mamlakatimiz böylab keng nişonlanib kelinmoqda.
Markaziy madaniyat uyida 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni va Qurolli Kuçlarimiz taşkil topganligining 22 yilligiga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi. Tadbirda tuman mudofaa işlari bölimi va çegara qismlari işçi va xizmatçilari, jamoat taşkilotlari vakillari, askarlar, akademik litsey va kollejlar öquvçilari va keng jamoatçilik vakillari qatnaşdilar.
Tadbirni tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova kiriş nutqi bilan oçdi va olib bordi.
Tadbirda tumanimiz hokimi Rajabboy Yöldoşev maʼruza qildi. Taʼkidlanganidek, Vatanni himoya qiliş, uning daxlsizligini saqlaş, har bir fuqaroning burçidir. Qolaversa, hozirgi kunda dunyo böyiça, turli mafkurviy tahdidlar, jumladan diniy ekstemizm, terrorçilik kabi harakatlar mamlakatlar tinçligiga xavf solib turgan bir paytda, milliy armiyamizning ahamiyati va örni beqiyosligi eʼtirof etilmoqda. Yurtimizning ozodligi va kun sayin obod bölib borayotgani, kunlarimizning tinç va tunlarimizning osuda ötayotgani harbiylarning vatanimiz sarhadlarini himoya qilişdagi fidoyiligi sabablidir.
Tumanimiz hokimi öz sözida barça harbiylarga vatan himoyasidek oliyjanob faoliyatida omadlar tilab, çegara postlari örtasida ötkazilgan musobaqada birinçi faxrli örinni egallagan Manğit çegara posti va ikkinçi örin sohibi bölgan Ayoqçi çegara posti maʼmuriyatini tuman hokimligining fxriy yorliği va esdalik sovğalari bilan taqdirladi. Şu bilan birga, Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan ötkazilgan sport musobaqalarida faxrli örinlarni egallagan Amudaryo akademik litseyi, Manğit iqtisodiyot kolleji, Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kolleji vakillariga ham faxriy yorliqlar va esdalik sovğalari topşirildi.
Tadbir davomida tuman mudofaa işlari bölimi boşliği örinbosari Akmal Olimov, 40-sonli umumtaʼlim maktabining maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosari Sayyora Jumamurodova, tumanimiz çegara postida xizmat vazifasini ötayotgan askar Şerzod Anarboyevlar sözga çiqib, hammani bayram bilan tabrikladilar.
Tadbir vatan himoyaçilari kuniga bağişlab tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi. Kontsert dasturida, ayniqsa bolajonlar ijro etgan kuy va qöşiqlar, raqs namoyişlari yuraklarni tölqinlantirib, tomoşabinlarga olam-olam zavq bağişladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶