Amudaryo tumanida yerlar lazerli qurilma yordamida tekislanadi
Bugungi kunda fermer xöjaliklari taraqqiyotini yangi texnikalarsiz tasavvur qiliş qiyin. Şu sababdan ham tumanimizdagi köpçilik fermer xöjaliklari öz faoliyatini rivojlantiriş maqsadida texnikalar parkini töldirişga katta eʼtibor qaratmoqdalar.
Tumanimizning Tölqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Tölqinli Ismoil çorvador” fermer xöjaligi rahbari Azamat Matkarimov ham xöjalikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş masalasini asosiy vazifalardan biri deb biladi.
Yaqinda fermer xöjaligi balansiga lizing asosida 4 ta traktor, lazer yordamida yer tekislaydigan 2 ta agregat, 2 ta plug va 1 ta yer haydaş agregati, 1 dona buğdoy ekadigan seyalka olib kelindi.
Fermer xöjaligiga lazerli yer tekislaş agregatining olib kelinişi nafaqat uşbu fermer xöjaligi, balki tumanimizda faoliyat yuritayotgan qişloq xöjaligi korxonalari uçun ham katta voqea böldi.
Maʼlumki, bizning şaroitimizda paxta jöyaklar böylab yuzalab suğoriladi. Bunda, asosan maydonlar tekislanmagani tufayli, uzatilgan suvning yarmiga yaqin qismi yöqotiladi. Suv sarfini kamaytiriş va köproq hosildorlikka erişiş uçun esa yerni tekislaş zarur. Dalalar yuzasini yetarli miqdorda tekislaş uçun keyingi yillarda lazerli boşqaruvga ega anʼanaviy tekislagiçlar qöllanilmoqda.

Suğoriladigan yerlarni lazerli qurilma yordamida tekislaş nafaqat suvni tejaş va suğoriş paytidagi mehnat samaradorligi oşiriş, balki parvariş qilinayotgan qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini oşiriş, suv-yer resurslaridan foydalaniş unumdorligini oşirişga ham xizmat qiladi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, lazerli tekislaş amalga oşirilgan dalalarda paxta yetiştirişda işçi kuçi uçun xarajatlar 11 foizga, suğoriş xarajatlari 20 foizga, suv sarfi 20 foizga kamaydi. Bunda hosildorlik har bir gektardan örtaça ikki yarim tsentnerga, foyda esa salkam 60 foizga oşadi. Umuman olganda, lazerli rejalaştiriş qöllanilgan dalalarda yetiştirilgan paxtaning rentabelligi 10 foizdan 15 foizga oşişi mumkin. Bunday samaraga egat yotqiziş va molalaş tadbirlaridan voz keçiş, şuningdek, nasos va işçi kuçi kabi suğoriş xarajatlarini qisqartiriş hisobiga erişiladi.
Aytiş kerakki, “Tölqinli Ismoil çorvador” fermer xöjaligi köp tarmoqli xöjaliklardan sanaladi. Köp tarmoqli faoliyatni yölga qöyiş orqali fermer turli yillarda tabiiy şaroit noqulay kelişi sababli hosildorlik pasayişi natijasida olinadigan foyda kamayib ketgan hollarda boşqa tarmoqdan ularni qoplab, xöjalik moliyaviy holatining turğunligini taʼminlab kelmoqda. Qolaversa, paxta va ğalladan taşqari çorvaçilik, baliqçilik va boşqa tarmoqlarning yölga qöyilgani natijasida qişloq aholisining yil davomida iş bilan bandligi taʼminlanmoqda. Eng muhimi, fermer el dasturxoni tökinligiga hissa qöşib, aholining oziq-ovqatga bölgan ehtiyojini qondiriş, ayniqsa, çorva mahsulotlaridan göşt, sut, tuxumga bölgan ehtiyojlarini taʼminlaşga hissa qöşmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶