Beştomlik fermerning issiqxonasida pomidor pişib yetildi
Tumanimizning Beştom mahallasida yaşovçi “Jalolov Qadamboy” fermer xöjaligi raisi Ibodulla Yarmonovni mahalla ahli haqiqiy dehqon va tadbirkor sifatida yaxşi bilişadi.
Işbilarmon fermer Ibodulla Yarmonov 2009-yilda fermer xöjaligini taşkil etganidan keyin xöjalik qoşida issiqxona taşkil etib, yerdan samarali foydalanişni öz oldiga maqsad qilib qöygan edi. U dastlab 2017-yilda 12 sotix yerga issiqxona qurib, hayolida öylab yurgan işlarini amaliyotda sinab körişga qaror qildi. Natija esa kutilganidan ham ziyoda böldi. Kaftdekkina yerdan oilasi xarajatlarining bir qismini qoplaşga yetadigan daromad oldi. Yerdan yil davomida bir neça marta ekin ekib, hosil olgani esa bu daromadlarini yanada köpaytirdi. Şundan keyin işbilarmon fermer bu işga astoydil kirişib, issiqxonadan olgan daromadi evaziga fermer xöjaligina qöşimça tarmoqlarni yölga qöya boşladi. Ayni kunda issiqxonada pomidor, bodring va har xil gul köçatlari ham yetiştirilayapti.
Tinib-tinçimas tadbirkor fermer Ibodulla Yarmonov yana bir xayrli işga qöl urdi. U “Mikrokreditbank”ning tuman filialidan 85 million söm kredit olib, siğimi 100 tonnalik muzlatkiç qurişga muvaffaq böldi. Ayni kunda uşbu muzlatkiçda öz fermer xöjaligida va ovul dehqonlari tomonidan yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari sifatli saqlanayapti.
Bugungi kunda fermer xöjaligida bahorgi ekiş mavsumiga puxta tayyorgarlik körilayapti. Fermer xöjaligining içki suv yöllarini tozalaş, mahalliy öğit jamğariş işlari şu kunning talablari darajasida taşkil etilib, xöjalikdagi issiqxonada yetiştirilgan pomidorlarni bozorga tayyorlaş, bodring va gul köçatlarini parvarişlaş işlariga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Bu işlarda Paima Jalolova va Gulzoda Xolmurodova kabi fermer xöjaligi işçilari tinim bilmasdan hamjihatlikda mehnat qilişmoqda.
Yerdan yil davomida hosil olib, uni bozorga çiqariş orqali oilasining farovonligi va el-yurt dasturxonining tökinligi yölida halol mehnat qilayotgan bu kabi fermer xöjaliklari safining köpayişi mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanişiga xizmat qiladi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶