FERMERNING ULUF IMKONLARI
Mamlakatimizda fermerlik harakati boşlanganida bu agrotuzilmaning kelajagiga işonmaganlar, ikkilanganlar köp böldi. Lekin fermerlik harakati bilan jamoa va davlat xöjaliklari faoliyatini öziça, mustaqil ravişda iqtisodiy tahlil qilib körgan (Alloh rahmat qilsin!) Nurulla Yaxşimurodov qişloq xöjaligi sohasiga joriy etilayotgan bu yangilikni dadillik bilan qabul qildi.
Nurulla oğa Amudaryo tumanining yirik mulkdori – tadbirkor va uddaburon fermeriga aylandi. Uzoq yillar özi taşkil etgan “Yusufxöja” fermer xöjaligini mohirlik bilan boşqardi. Qisqa vaqt içida “Yusufxöja” fermer xöjaligini Amudaryo tumanining maşʼal xöjaliklaridan biriga aylantirdi.
Hayot insonga, nainki yaxşi yaşaş uçun kuraşiş maydoni, balki özining ezgu amallaridan zavq olib, huzur-halovatli umr keçiriş uçun berilgan imkon. N.Yaxşimurodov halol va fidoyi mehnati zavqini suradigan paytda bu hayotdan ketdi. Uning ortida iqtisodiy jihatdan baquvvat, paxtaçilik va ğallaçilikda öziga xos ulkan tajriba maktabiga ega “Yusufxöja” fermer xöjaligi, gurkiragan boğ-roğlar, obod va ravon köçalar, ötayotgan har bir kunidan rozi xalq qoldi.
Bugungi kunda bu makonda N.Yaxşimurodov tarbiyasini olgan, hayot tajribalarini çuqur özlaştirgan “Yusufxöja” fermer xöjaligining ikkinçi, uçinçi avlod vakillari yaşab, mehnat qilişadi. Fermer xöjaligiga esa maşhur fermerning öğli Şavkatjon Yaxşimurodov rahbarlik qiladi. Otasi hayotligidayoq, 1995-yildan buyon qişloq xöjaligining turli sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan Şavkatjon uçun “Yusufxöja” fermer xöjaligini yuritiş qiyinçilik tuğdirmadi. Qolaversa, otasidan örgangan tajribalari, xöjalik hududidagi har bir qariç yerning tabiati, meliorativ holati töğrisida yaxşi bilişi uning işni töğri taşkil etişida muhim omil böldi.
Ayni paytda fermer xöjaligi tasarrufidagi umumiy yer maydon 143,1 gektar bölib, şundan ekin maydonlari 135,6 gektarni taşkil etadi.
Xöjalikning 6,9 gektar yerdagi boğdorçilik tarmoği, 0,6 gektarlik köp yillik daraxtzorlari ham fermer xöjaligining iqtisodiy barqarorligini taʼminlaş imkonini beradi.
Şavkatjon ekin-tikin işlariga öta masʼuliyat bilan yondaşadi. Avvalo eng sara uruğ tanlaydi, seyalka agregatini şaxsan özi nazorat qilgaç, dalaga olib çiqadi, tajribali mexanizatorlar, tajribali seyalkaçilarni ekişga jalb etadi. Natijada bahorgi yumuşlar köngildagiday ado etiladi. Kuzda, ğalvir suvdan kötarilganda esa “Yusufxöja”liklar yana fermer xöjaliklari orasida maşʼal, birinçi bölişadi!
U otasi vafotidan söng, 2015-yilda fermer xöjaligini qabul qilib olgan bölsa, öşandan buyon ötgan 7-yil davomida barça yönalişlar böyiça yillik şartnomaviy rejalarini ortiği bilan ado etib kelmoqda.
Xususan, sönggi uç yil davomida Amudaryo tumanida “Yusufxöja” fermer xöjaligining oldiga tuşadigan xöjalik bölmadi hisob. Xöjalik dehqonlari 2020-2021-2022-yillarda har yili 77 gektar maydonga çigit ekişdi. Uç yil davomida hosildorlik 40-45 tsentnerga yetkazilib, yillik hosil xirmoni har gal 309-325 tonnani, bu boradagi reja esa kamida 110-140 foizni taşkil etdi.
Bundan taşqari, xöjalikda qatorasiga uç yil davomida, har yili 26 gektar yerga buğdoy ekilib, hosildorlik har gektar hisobiga 44,8 tsentnerga, 2022-yilda esa 80 tsentnerga yetkazilib, Amudaryo tumanining iqlim şaroitida ham ğalladan yuqori hosil oliş mumkinligini amalda körsatib berdi.
Bugungi kunda fermer xöjaligining qişloq xöjalik mahsulotlarini yetiştiriş va sotişdan oladigan sof foydasi 2,1 mlrd. sömni taşkil etib, rentabellik darajasi 19 foizga yetkazildi.
Ayni paytda xöjalikning yana bir qöşimça tarmoği – asalariçilik ham jadal rivojlanmoqda. Şuningdek, 250 boş parranda parvariş qilinib, qöşimça daromad manbaiga aylangani xöjalik işçilarini zarur paytda arzon parrandaçilik mahsulotlari bilan taʼminlaş imkonini bermoqda.
Öz faoliyatida tejamkorlikka qatʼiy amal qilgani bois, xöjalikni texnologik jihatdan mustahkamlaş imkoni yaratilib, barça texnika vositalari yuqori samaradorlik quvvatiga ega holatga keltirildi va sönggi uç yilda 45,4 mln. söm mablağ iqtisod qilindi. Iqtisod qilingan mablağ hisobiga xöjalik hududidagi içki irrigatsiya tarmoqlari rekonstruktsiya qilinib, yerlarning meliorativ holati tubdan yaxşilandi. Dehqonçilikdan olingan sof foyda, albatta, fermer xöjaligining texnikalarini qaytadan yangilaş imkonini berdi.
Şavkatjon qişda ham mehnat maydonidan beri kelmaydi. U xöjalik hududida yaşovçi yoşlarni, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida ustoz-şogird anʼanasi asosida 6 nafar işsiz yoşga fermerlikning nozik sirlarini örgatmoqda. Yoşlar Şavkatjondan fermer xöjaligini taşkil etiş va uni yuritiş böyiça saboq oliş bilan birga ular moddiy jihatdan manfaatdor ham. Çunki Şavkatjon ularning har biriga örtaça 1 mln. sömdan oylik maoş ham tayinlagan.
Şavkatjon otasi amal qilgan bir ezgu amalni bajarişga hamişa özini burçli deb biladi. U pandemiya davrida ham, keyin ham hududdagi 47 ta kam taʼminlangan oilalardan xayr-saxovatini, mehrini aslo dariğ tutmaydi. Aynan ana şu maqsadda salkam 40 mln. sömlik xayr-ehson qilib, 40-sonli maktab taʼmiri hamda maktabda tahsil oluvçi kam taʼminlangan oilalar farzandlariga homiylik uçun jami 2 mln. söm ajratdi.
Şavkatjon ibratli oila sohibi sifatida hamqişloqlari orasida hurmat va eʼtiborga sazovor. Mahalladoşlarining yaxşi-yomon kunlarida hamişa yelkadoş. Yoşlarni tadbirkorlikka jalb etiş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga doimiy kömakdoş, yaqin maslahatgöy.
Ayni şunday kunlarda esa Şavkatjon Yaxşimurodov yangi 2023-yilning rejalarini tuzadi. Ana şu ezgu rejalar röyobi yölida mehnat qilişdan aslo çarçamaydi
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶