Veterinariya xizmatlari sifatini yanada yaxşilaş maqsadida körgazmali seminar taşkil qilindi
Bugungi kunda tumanimiz böyiça 11 ta zooveterinariya punktlari mavjud. Ularda körsatilayotgan veterinariya xizmati sifatini yanada yaxşilaş maqsadida tuman Veterinariya bölimi tomonidan körgazmali seminarlar taşkil qilinmoqda. Dastlabki seminar 4-fevral kuni Bobur nomli ovuldagi Jumur ovul mahallasida joylaşgan zooveterinariya punktida taşkil qilindi.
Aytiş kerakki, hududlardagi 11 ta zooveterinariya punktlariga qaraşli sunʼiy uruğlantiriş şohobçalari, hududiy “Nasl xizmat” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan tuman böyiça 8 ta sunʼiy uruğlantiriş nuqtalari taşkil etilgan bölib, bugungi kunda ular töliq faoliyat yuritib kelmoqdalar va 2018-yil davomida tuman böyiça 26 ming 812 boş sigirlar sunʼiy uruğlantirildi.
Tuman veterinariya bölimi tomonidan qişloq xöjalik va uy xayvonlarini kasaliklardan himoya qiliş, aholini odam va xayvonlar uçun umumiy bölgan kasaliklardan muhofaza qiliş, tuman hududini boşqa hududlardan xayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelişidan muhofaza qiliş, yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oşiriş, atrof muhitni himoya qilişning veterinariya-sanitariya muammmolarini xal etiş, veterinariya xodimlarini tayyorlaş va ularining malakalarini oşiriş kabi işlar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda tuman hududidagi fermer höjaliklari va aholi qaromoğida 143 ming 427 boş yirik şoxli mol, 39 ming 491 boş sigirlar, 94 ming 358 boş qöy va eçkilar, 861 ming 153 boş parranda, 578 boş ot, 8 ming 900 boş itlar röyxatga olingan bölib, ularga veterinariya xizmatlari körsatilmoqda.
Veterinariya bölimida 29 nafar mutaxassis faoliyat körsatib kelmoqda. Şundan 9 nafari oliy, 20 nafari örta maxsus maʼlumotli mutaxassislardir. Sohani rivojlantiriş va veterinariya xizmati körsatiş darajasini yaxşilaş maqsadida tuman veterinariya bölimi mutaxassislarini rağbatlantirişga alohida eʼtibor berilayapti. Şu maqsadda Qoraqalpoğiston Respublikasi Veterinariya qömitasi va tuman hokimligi tomonidan veterinariya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarga 2 ta xizmat mototsikli, 15 ta maxsus kiyim, 14 ta termojamlama, 25 ta veterinariya sumkasi va 19 ta xizmat velosipedlari berildi.
Öz navbatida bölim xodimlari ham zimmalariga yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada ado qiliş yölida fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar.
Seminarda zooveterinariya punktlarida yöl qöyilayotgan kamçiliklarni bartaraf qiliş, ular orqali körsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxşilaş böyiça tavsiyalar berildi va tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.
Bahodir Bekçanov, tuman Veterinariya bölimi boşliği örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶