Migratsiya va personallashtirish xizmatlari sifati oʻrganildi
Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish va fuqarolarning mushkulini oson qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshligʻi Ulugʻbek Tashxodjayev tuman Ichki ishlar boʻlimi Migratsiya va personallashtirish boʻlinmasida boʻldi.
Jarayon davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-sonli Farmoni talablariga muvofiq, identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat qilgan fuqarolarga ortiqcha hujjatlarni talab qilmasdan, ularni 1 ish kuni davomida rasmiylashtirib, oʻz egalariga topshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish jarayonlari muhokama qilindi. Unda voyaga yetmagan shaxslar uchun ota-onalari ishtirokida tilxat yoki notarial roziliklarni olish tartibini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda tayyor boʻlgan pasportlarni oʻz egalariga qisqa muddatlar ichida tarqatish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Joylarda olib borilayotgan bu kabi amaliy oʻrganishlar va berilgan koʻrsatmalar tizimdagi ish unumdorligini oshirishga, eng asosiysi, fuqarolarning vaqtini tejab, ularning davlat idoralaridan rozi boʻlishiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶