MANĞIT GÖZALLARIGA
Qayga borsam hur istaydi könglim mening avval-azal,
Bugun ham hayrat içraman, yuzlar oftob misli yal-yal.
Esim-huşim uçib ketdi eng sarasin topay desam,
Loldir boqib kaminangiz – barçasi çandon gözal.
Oy desa, oyga yöl bölsin, kun desa, kunga yöl bölsin,
Xudoyim, kutganidan ham bularning baxti möl bölsin.
Yaratgan nurin taratsin ham eşik, ham darçasiga,
Baxş aylasin yaxşi bir yor, yori yöqning barçasiga.
Umrin şahd-u şakar aylab, farovon qilsin baxtini,
Sayqal berib Haqning özi, tillodan qilsin taxtini.
Sevgi navosin ufurib, çah-çah ursin-u bulbullar,
Sizning çehradan rang olsin, çamanda neki bor gullar.
Sizni körsa bas, beşubha, dast oyoqqa turar kasal,
Qisqa qilib aytar bölsam, har biringiz qand-u asal.
Barçangiz ham malak siymo, Manğit degan yurtning naqşi,
Endi, Oşiq Erkin, söz demay, uyga jim ketganing yaxşi.
Oşiq ERKIN.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶