Muvofiqlaştiruvçi kengaş yiğilişi
2014-yil 8-yanvar kuni tumanimiz muhofaza qiluvçi organlarining 2013-yil yakunlari böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaşi yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda mahalla oqsoqollari, maslahatçilari, xalq taʼlimi muassasalari vakillari, huquqni muhofaza qiluvçi organlarining işçi va xizmatçi xodimlari, jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdilar.
Yiğilişni tuman prokurori, adliya maslahatçisi Farhod Ollombergenov kiriş nutqi sözlab oçdi va olib bordi. Kun tartibida 2014-yilda jinoyatçilikni kamaytiriş asosiy masalalar sifatida körildi. F.Ollombergenov 2013-yilning 12 oyi mobaynida tumanda jinoyatçilikka qarşi kuraş hamda qonuniylikni mustahkamlaş borasida tumanda huquqni mustahkamlaş borasida tumanda huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan özaro hamkorlikda muayyan işlar amalga oşirilganligini, aytib ötdi.
Şuningdek, u bu işlarni amalga oşirişda Prezidentimiz farmonlari, hukumat qarorlari va harakatdagi qonunlar ijroçi, Özbekiston Respublikasi Boş prokurorning böyruq va körsatmalarining ijrosini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilganini, taʼkidladi. Yilişda tuman prokurori yordamçisi R.Xolmurodov sözga çiqib, ötgan 2013-yil mobaynida qonuniylikni mustahkamlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda huquqbuzarlikning oldini oliş borasida bir qança işlar amalga oşirilganligini, natijada aksariyat sohalardagi körsatkiçlar ötgan 2012-yilning şu davriga nisbatan yaxşilanişiga hamda prokuratura faoliyatining samaradorligining oşişiga erişilganligini aytdi.
Ammo tumanimiz hududida 2013-yilning 12 oyi davomida umumiy jinoyatçilik 249 tani, 2012-yilning şu davrida 235 tani taşkil etgan, yaʼni 2012-yilning şu davriga nisbatan umumiy jinoyatçilik 14 taga köpaygan.
Umumiy jinoyatlarning oçilişi esa joriy yilning şu kuniga qadar 91,5 foizni, ötgan yilda esa 89,4 foizni taşkil etgan.
Tuman hududida sodir qilingan jinoyatlardan bosqinçilik, firibgarlik, giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlar kamaygan bir paytda, talonçilik, nomusga tegiş, bezorilik, tovlamaçilik, odam savdosi bilan soğliq jinoyatlarning ösib ketişiga yöl qöyilgan.
Muqaddam sudlangan şaxslar, işsizlar, guruhlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlarning joriy yil davomida kamayişiga erişilgan.
Hammamizga maʼlum, odam savdosi masalasi insoniyatning maʼnaviy, ijtimoiy taraqqiyotga salbiy taʼsir etib, davlatlarda migratsiya jarayonlarining keskin özgarişiga xalqaro jinoyatçilikni ösişiga, inson huquqlarning buzilişiga sabab bölmoqda.
Şu, bois, odam savdosiga qarşi kuraşiş bugungi kunda dunyodagi global muammolardan biri hisoblanadi. Davlatimizda "Odam savdosiga qarşi kuraşiş haqida”gi qonun qabul qilingan, şuningdek odam savdosidan jabrlanganlar uçun markaziy Osiyoda yagona bölgan milliy markaz taşkil etilgan.
Respublikamizda, şu jumladan tumanimiz hududida odam savdosiga qarşi kuraşiş, oldini oliş, aholi xavfsizligini taʼminlaş, huşyorlikni oşiriş, bu borada jamoatçilik rolini kuçaytiriş yuzasidan ötkaziladigan uçraşuvlar jadvali işlab çiqilib, bu böyiça maʼlum darajada işlar olib borilgan.
Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlarida öquvçilarning bandligini taʼminlaş hamda taʼlimning keyingi bosqiçiga jalb qiliş maqsadida ota-onalari iştirokida har bir öquv muassasalarida uçraşuvlar ötkazilib, korxona, taşkilotlar, fermer xöjaliklari va boşqada iş örinlari mavjud bölgan taşkilotlar bilan uç tomonlama şartnomalar tuzişda hamkorlikdagi xizmat sohalari bilan işlar olib borilmoqda.
Yiğiliş yakunida, joriy yilda jinoyatçilikni kamaytiriş yuzasidan qilinişi zarur bölgan işlar belgilab olindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶