Manğitda mehnat yarmarkasi
ÖzA, A.Ortiqboyev, 02.01.2014 15:16
Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo tumanida böş iş örinlari yarmarkasi ötkazildi.
Obod turmuş yilida Bandlik dasturi asosida tumanda 5 ming 259 yangi iş örni yaratilib, ikki ming uç yuzdan ortiq kasb-hunar kolleji bitiruvçisi doimiy iş bilan taʼminlandi.
Manğit maişiy xizmat kasb-hunar kollejida ötkazilgan böş iş örinlari yarmarkasida yigirmadan ortiq korxona, taşkilot va fermer xöjaliklari ikki yuzga yaqin iş örinlari taklif etdi. Oltmiş nafardan ziyod fuqaroga işga joylaşiş uçun yöllanma berildi.
– Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan keng şaroit va imkoniyatlardan foydalangan holda, tuman bandlikka kömaklaşiş va aholini ijtimoiy himoya qiliş markazi yordamida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöymoqçiman, – deydi kollej bitiruvçisi Ruslan Yerdaşev. – Imtiyozli kredit hisobidan avtomobillarga texnik xizmat körsatiş tsexi oçib, tengdoşlarimni iş bilan taʼminlamoqçiman.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶