16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:33
Adabiyot 👁 3,994

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

QANOATLI BOʻL

(Maslahat)

Bobolar duo qilsa,

“Qanoatli boʻl”, – derlar.

Qanoatli insonda,

Imon-insof jam boʻlar.

Qanoat oʻzi nedir,

U qandayin fazilat?

Qanoat – nafsni tiyish,

Neʼmatlarga shukr etish.

Kim qanoat-la yursa,

Baxt-u omad unga yor.

Hayoti tinch-osuda,

Huzur-halovatga yor.

Nafs – asli yovuz shayton,

Qanoatning dushmani.

Nafs yoʻliga kirganlar,

Odamzotning shaytoni.

Yelkangga chiqqan shayton,

Buyurar: “tez chop”, deydi.

“– Mol yigʻishdan toʻxtama,

Yana koʻproq top”, deydi.

Qanchalik topgan bilan

Sira koʻzing toʻymaydi.

Nafs qurgʻur, hech qachon

Oʻz erkingga qoʻymaydi.

Agar boʻlsa amali,

Har kimsaning qoʻlida.

Hiyla-nayrang ishlatar,

Pul topishning yoʻlida.

Kim nafsini tiymasa,

Oʻz nafsiga boʻlar qul.

Nafs shayton, u – dushman

Ekanligin bilmas ul.

Qanoat ne, nafs nedir?

Aytdim men takror-takror.

Qanoat ber barchaga,

Karamli Parvardigor.

Qanoatda sobitlar,

Boy boʻladi bir kuni.

Chiqarib yaxshi otlar,

Charogʻondir kun-tuni.

Odil Ollohyor oʻgʻli,

Chordara mahallasi.

VATAN

Daryo boʻlib toʻlib-toshgan,

Quyoshdayin nurin sochgan.

Oʻgʻlim, deya quchoq ochgan,

Vatanimsan, Oʻzbekiston!

Qoʻshiq aytib, chertsam torim,

Boyligimsan, sensan borim.

Nomusimsan, mening orim –

Xazinamsan, Oʻzbekiston!

Osmonimda nur – oyimsan,

Goʻzalligim, chiroyimsan.

Tugʻilib-oʻsgan joyimsan,

Onajonim, Oʻzbekiston!

Porlab turgan chirogʻimsan,

Tengsiz chaman, gulbogʻimsan.

Mening jon-u jahonimsan,

Tanamda jon – Oʻzbekiston!

Aydos IBODULLAYeV.

JASUR OʻGʻLON

Vatanin qoʻriqlar har on,

Ayamaydi aslo jonini.

Tinchlikni asrovchi qoʻrgʻon,

Alpomishdek jasur oʻgʻlon.

U bor ekan, obod har yon,

Tiniq, musaffo osmon.

Safda turar doim sergak,

Ona yurtga udir tirgak.

Vatanimiz oʻgʻlonlari,

Kuch-qudratda mard-u maydon.

Tinchligimiz posbonlari,

Ular yurtga har dam qalqon.

Ona yurtni asrash kerak,

Vatan, deya urar yurak.

Shudir ular qasamyodi,

Dillarida Vatan yodi.

Iroda BEKIMBETOVA, 30-maktab oʻquvchisi.

Sogʻinch (Onamga)

Bu dunyoga kelib koʻrganim,

Quchogʻida jannat koʻrganim.

Duolarda baxtim soʻrganim –

Onajonim, Sizni sogʻindim!

Yoningizga boraman qachon,

Koʻrgim kelar Sizni, mehribon.

Yoʻllarimga koʻz tikkan inson–

Onajonim, Sizni sogʻindim!

Boringizga shukr aytaman,

Sogʻinch toʻla ashʼor bitaman.

Keling, Sizga bir soʻz aytaman:

Onajonim, Sizni sogʻindim!

Sobitdirman sarhadlarda men,

Qoʻriqlayman, tinch boʻlsin Vatan.

Yurtni asrash burching, deb aytgan,

Onajonim, Sizni sogʻindim!

Tun-u kunlar Sizni oʻylayman,

Yulduzlarga, oyga soʻzlayman.

Bagʻringizga bir kun qaytaman,

Onajonim, Sizni sogʻindim!

Qoraqalpoq eli bu yerlar,

Amudaryo tinmay shovullar.

Mangʻitlardan yozaman sheʼrlar,

Onajonim, Sizni sogʻindim!

Yuksaklarga intilib yana,

Ishonchingiz oqlab mardona.

Harbiylikka oʻqiyman, ona,

Onajonim, Sizni sogʻindim!

A.HOJIQURBONOV,

oddiy askar.

SENI GULIM, DEB...

(Askarning sevgilisiga maktubi)

Seni gulim, asrab-avaylab,

Bogʻboningga aylanolmadim.

Kunda ming bor oʻlib-tirilib,

Qalbingga hech bogʻlanolmadim.

Nelar qilsam, bari xatodir,

Xatolarga koʻmilib ketdim.

Uzr soʻrab, kechir, deb takror,

Oxir oʻzim begona boʻldim.

Bogʻbon boʻlib gullar iforin,

Oʻzgalarga etibman ato.

Endi zinhor gullar ekmasman,

Gullar meni qildilar ado

Raʼno RAHIMJON qizi, 38-maktab oʻqituvchisi.

ASKAR ONASINING DUOSI

Oppoq qor yogʻdi, qarang,

Vatan oqqa burkandi.

Quvonchlar berdi jarang,

Xalq bayramga shaylandi.

Yangi yil tantanasi,

Ulandi zoʻr ayyomga.

Askar oʻgʻlon onasi,

Qoʻlin ochdi duoga:

“Omon boʻlsin askarlar,

Hur Vatan posbonlari.

Ular bilan charogʻon

Ona yurt osmonlari”.

Malina MINTURGʻANOVA, 19-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026