2018-YILDA AMALGA OShIRILGAN IShLAR SARHISOBI: Sport
Bugungi kunda tumanimiz sportchilarining 3 nafari sport ustaligiga nomzod, 60 nafar sportchi 1-darajali sportchilar, 7 nafar sportchi esa Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari sovrindorlaridir.
2018-yilda 8 nafar sportchi sportning bir necha turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari hamda Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, 2- va 3-oʻrinlarni egalladilar.
Qizlar futbol jamoasi Qoraqalpogʻistonda 1-oʻrin, Oʻzbekistonda faxrli 2-oʻrin sohibi boʻldi.
Qoʻl toʻpi qizlar jamoasi, oʻgʻil bolalar basketbol jamoasi, shaxmat va shashka jamoasi, Oʻzbek jang sanʼati qizlar jamoasi, karate WKF jamoasi, dzyu-do kurashi va sambo kurashi hamda stol tennisi jamoalari Qoraqalpogʻiston Respublikasida faxrli 1-oʻrinlarni egallab, tumanimiz sport sharafini munosib himoya qildilar.
Badiiy gimnastikachi qizlar jamoasi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasida faxrli 2-oʻrinni zabt etdilar.
Tuman BOʻSM sportchilari uchun ham, trenerlar va sport murabbiylari uchun ham 2018-yil yutuqlarga boy yil boʻldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶