14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 10:32
Adabiyot 👁 3,935

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

ARChA QURAMIZ

(Bolalarga)

Kelingiz uyimizga,

Archa quramiz.

Qoʻl ushlashib hammamiz,

Qator turamiz.

Atrofida aylanib,

Qah-qah uramiz.

Doʻstlik, birodarlik

Zavqin suramiz.

Barcha millat bolasi

Doʻst-u joʻramiz.

Jaranglaydi davrada

“Yasha!” “Ura!”miz.

Qorbobo, Qorqiz bilan

Birga yuramiz.

Bergan sovgʻalarini

Baham koʻramiz

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

Yana

Yana yarogʻlanib Yangi yil uchun,

Sinay sinmay qolgan qalamim kuchin.

Qogʻoz yozuviga soʻz saylab olgay,

Elga ehtirosim nusxasi qolgay.

Bayram kunin kutgan kuylar quyuldi,

Ayyom havosidan orom tuyuldi.

Besabr sogʻinch sanab kelar ayyomni,

Qarshi olgani qishdan ilhomni!

Salkam yetmish raqam umrimga qoʻshib,

Alloh bersa kuylay, Jayhunday joʻshib!

Jumaboy HIDOYaTOV.

QUVONChIM

Yangi yilda yasanib,

Chiroyli qiz boʻlaman.

Bayram kuni onamga,

Quvonch hadya qilaman.

Qadim-qadim anʼana,

Boʻlar katta tantana.

Qorga burkanib daraxt,

Muzlayapti sharshara.

Koʻzim quvnab ketyapti,

Chana uchgim kelyapti.

Qorboboning sovgʻasin,

Tezroq olgim kelyapti.

Muxlisa RAJABOVA, 12-maktab oʻquvchisi.

Ona Yurt bezandi

Ikki ming oʻn sakkiz – eng zoʻr yil boʻldi,

Islohotlardan koʻngillar toʻldi.

Ikki ming oʻn toʻqqiz – orzular bilan,

Kirib keldi goʻzal tuygʻular bilan.

Ona yurt bezandi oppoq qor yogʻib,

Qor gullarin taqdi bogʻlar, ajoyib.

Yam-yashil archani oʻrtaga qoʻyib,

Bolajonlar oʻynar qulochin yoyib.

Umida Yoʻldosheva,

19-sonli maktab oʻquvchisi.

Qish

Derazamga naqsh solib,

Yuzlarimni chimchilab.

Oppoq qorin yelkalab,

Ayoz bobom keldilar.

Oʻgʻil-qizlar juda shod,

Archamiz atrofida.

Qorbobomiz sovgʻasi

Yetadi barchasiga.

Yangi yilga yarashar,

Shodon oʻyin-kulgular.

Tinch, osuda Vatanda,

Har dilda baxt, orzular.

Shohsanam OʻROZALIYeVA,

Namuna mahallasi.

TABRIK

Yangi yilda yangi orzular sari,

Intilamiz yorqin kelajak sari.

Hayajonli, sirli, ajoyib bari,

Barchani qutlaymiz yangi yil bilan.

Tark etmasin hech qachon dillarni quvonch,

Ertangi kun uchun mustahkam ishonch.

Yuzlarda aks etar shirin tabassum,

Muhabbatga hamroz yuraklar masʼum.

Bayram shodligidan dillar yayrasin,

Baxtli kunlar madhi tutsin dunyoni.

Istiqlol yurtiga tinchlik yor boʻlsin,

Har dilni chulgʻasin doʻstlik ayyomi.

Ziyoda QUVVATOVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

Yangi yil

Yangi orzular va yangi rejalar,

Yangi gʻoyalardan shodlanadi dil.

Ulugʻ maqsadlarning yoʻliga chorlab,

Kirib kelar mana, yana Yangi yil.

Butun insoniyat qalbida umid,

Butun borliq bugun qilar tantana.

Yangi yil orzular beshigi boʻlib,

Oppoq qorlar ila kelmoqda, ana!

Soat sayin yaqin kelar yangi yil,

Yaqinlashgan sayin hayajonda dil.

Hayot kitobida yana bir satr,

Oltin varaqlarga tushar eski yil.

Yangi yil kelgani – jumlai bashar

qoldirgani yana bir yoshin.

Insoniyat ulugʻ qalb bilan yashar,

Aslo, soʻndirmaydi dilda quyoshin.

Iroda YeRDOShEVA,

38-maktab oʻquvchisi.

BAYRAM ZAVQI

Zamin uzra yogʻar qor,

Oppoq qorda zoʻr viqor.

Yangi yil bongin chalib,

Otayotir oq tonglar.

Shodliklari bir jahon,

Changʻi uchar bolajon.

Oppoq qorga belanib,

Qizlar oʻynar qorboʻron.

Kuzataman zavq bilan,

Qanday goʻzal bogʻ-rogʻlar.

Olam qorga burkangan,

Oq roʻmol oʻrab togʻlar.

Derazamga naqsh solar,

Ayoz bobo kechalar.

Uy toʻrida tovlanar,

Bezatilgan archalar.

Zuhra AHMEDOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019