KELGUSI YILDA MEHNAT YuTUQLARIMIZ YaNADA KÖPAYaDI
2018-yil ob-havo şaroiti yomon bölişiga qaramasdan biz qişloq xöjaligi mehnatkaşlari uçun omadli, barakali yil böldi, desak mubolağa bölmadi. Çunki biz mazkur yilda barça ekinlarimizdan, ayniqsa paxtadan möl hosil olişga erişdik.
Men rahbarlik qilayotgan “Ermanov Örozboy” fermer xöjaligi hisobida jami 61 gektar ekin maydoni mavjud bölib, uning 36 gektarini paxta ekişga möljallangan yerlar taşkil etadi.
Mazkur yilda biz şu yerlarni paxta ekişga tayyorlaş işlarini özlarimizda sinalgan tajribalar asosida taşkil etdik. Yerning şörini yaxşilab yuviş, dalaga mahalliy öğit taşib çiqariş kabi işlar 2018-yilning dastlabki oylaridayoq amalga oşirildi.
Çigit ekişdan boşlab to ğözaning oxirgi parvarişigaça bölgan barça işlar yuksak agrtexnika qoidalariga asosan amalga oşirildi.
Bizning paxtaçilikdagi tajribalarimiz, qolaversa fermer xöjaligimizda fidokorona mehnat qilayotgan 22 nafar pudratçilarimizning saʼy-harakatlari dalalarimizda möl paxta hosili yetiştirilişiga omil böldi. Natijada biz bu yil şartnomaviy rejamizdagi 77 tonna paxta örniga davlatga 144 tonna “oq oltin” topşirişga muvaffaq böldik.
Mazkur yilda bizning har bir gektar yerdan olgan paxta hosilimiz 40 tsentnerni taşkil etdi. Biz bunday yutuqlarimiz bilan faxrlanamiz.
Fermer xöjaligimiz aʼzolari kelgusi 2019-yilda yanada köproq muvaffaqiyatlarni qölga kiritişni niyat qilmoqdalar. Biz albatta bunga erişamiz.
Gulimboy AHMEDOV, “Ermanov Örozboy”
fermer xöjaligi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶