Tadbirkorlik – bugungi dolzarb vazifa
Men yarim asrdan ortiq umrimning katta qismini qişloq xöjaligisiz tasavvur qilolmayman. 1978-yilda Xitoy qişloği markazidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabini bitkazişim bilanoq qişloq xöjaligiga öralaşdim va sobiqOxunboboyev nomli kolxozda paxtakor dehqon bölib işlab kelayotgan rahmatlik dadam Yaxşiboy Eşçonovning eng yaqin yordamçisiga aylandim. Dadamdan yer sirlarini va dehqonçilik hadisini örgandim. Dadam bir umr oddiy paxtakor bölib işlab, ziroatçilik ilmini puxta egallagan, bu boradagi tajribalarini barçaga örgatişga harakat qiladigan bağrikeng saxiy inson edi.
Keyin oddiy paxtakorlikdan paxtaçilik brigadasi iş boşqaruvçisi, söngra paxtaçilik brigadasi boşliği bölib işladim. 1993-yili qişloğimizda "Namuna” uruğçilik xöjaligi taşkil etilgaç, xöjalik boşqaruvi kotibi, 1998-yildan esa yana mazkur xöjalikda paxtaçilik brigadasi boşliği bölib işladim. 2002-yil mart oyidan boşlab esa "Şörqalʼa” fermer xöjaligini taşkil etib, to ayni kunlargaça paxtaçilikni rivojlantirişga özimning baholi qudrat hissamni qöşib kelmoqdaman.
Fermer xöjaligimizda har yili paxtadan möl hosil yetiştirib kelinadi va oldingi saflarda paxta tayyorlaş böyiça yillik şartnomaviy rejamizni ortiği bilan bajarib kelmoqdamiz. Joriy 2013-yilda 87 gektar paxta maydonidan yillik şartnomaviy rejadagi 181 tonna örniga 210 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini davlat xazinasiga yetkazib berdik. Paxtadan olgan daromadimiz ham 200 million sömdan oşib ketdi.
Ona zamin – bizning bitmas tuganmas boyliklarimiz xazinasidir. Faqat işning közini bilib yerni işlasak, ekinlarimizni risoladagidek parvariş qilsak ziroatimiz möl, daromadlarimiz mömay böladi. Buni yakunlanayotgan 2013 yişloq xöjalik yili natijalari yaqqol körsatib turibdi.
Endilikda faqat paxtaning daromadiga köz tikib ötiriş yaramaydi. Bunday bir nuqtaga tikilib umid qiladigan turğun holatlar davri ötib ketdi. Özlarimizning içki rezerv va imkoniyatlarimizni işga solib, fermer xöjaligimizni köp tarmoqli xöjalikka aylantiriş, har bir işga, har bir işlab çiqariş quvvatiga, har bir yaşirinib yotgan rezerv va imkoniyatlarga ijodiy yondoşib tadbirkorlikni rivojlantirgan holda yangi quvvatlarni işga tuşiriş hisobiga yangi iş örinlari yaratiş bugungi şiddatkor davrning qatʼiy talabi bölib qoldi.
Biz hozirgi kunda öz işimizni mana şu talablar asosida taşkil qilib, bu sohada ham bir qança yaxşi natijalarga erişmoqdamiz.
Deputatlik faoliyatimga töxtaladigan bölsam, deputatlik vakolati menga ijtimoiy hayot jarayonlariga yanada çuqurroq kirib borişga, davr nafasini teranroq anglaşga, xalqimizning kundalik turmuşini, yaşaş tarzini atrofliça örganiş va tahlil qilişga undadi, oilalardagi oğizbirçilik, ayniqsa yangi oilalarda tinçlik-totuvlik masalalarini joylardagi özini-özi boşqariş organlari rahbarlari va mahalla faollari bilan hamkorlikda hal qiliş yaxşi samara bermoqda. Negaki oilalardagi oğizbirçilik va mehr-oqibat muhiti elimiz tinçligi, osoyiştaligini, farovonligi va obodligini taʼminlaydi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va keng miqyosda rivojlantiriş, bu boradagi yangi-yangi loyihalarni amalga oşiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişiga aylangan ekan, joylarda bu borada hali juda köp işlarni bajarişimiz, şart-şaroitlar va qulayliklar yaratişimiz, tadbirkor bölmoqçi bölgan kişilarni, ayniqsa yoşlarni har jihatdan qöllab-quvvatlaşimiz zarur. Buning uçun joylarning özida imkoniyat yaratişimiz, turmuşning, aholining talab-ehtiyojlarini yanada çuqurroq örganişimiz, yanada yaxşiroq, yanada farovonroq yaşaş imkoniyatlarini işga solişimiz lozim. Negaki, davr, dunyo şiddat bilan rivojlaniş yölidan bormoqda. Biz uçun, qolaversa tadbirkorlar uçun davrdan orqada qoliş mumkin emas. Aslida bu hayotda har birimiz tadbirkor, işbilarmon bölişimiz kerak.
Men faoliyat olib borayotgan 14-Xitoy saylov okrugida bir qança tadbirkorlar aholining kundalik hayotlari uçun zarur bölgan savdo maişiy va texnikaviy servis xizmatlarini bajarmoqdalar. Masalan, Xitoy qişloği markazida tadbirkor Olimboy Qurbonboyev şoli va buğdoy un xarozi işlatib, aholining hurmatini qozonmoqda. Hayitboy Reyimov va Davlatyor Xolmenovlar öz dökonlarida aholining kundalik ehtiyoj mollari bilan savdo-sotiq qilmoqdalar. Olimboy Saparboyev va Ergaş Hayitboyevlar yengil maşinalar uçun texnikaviy servis xizmati körsatmoqda.
Fermerlarimiz iqtisodiyotimizning boş tayançiga aylanayotgan hozirgi kunda fermer xöjaliklarini köp tarmoqli fermer xöjaliklariga aylantiriş dolzarb vazifa bölib turibdi. "Aşirboyev Aminboy”, "Sobirov Xidirboy”, "Oyjanov Önğarboy” va özim boşqarayotgan "Şörqalʼa” fermer xöjaliklarida paxtaçilik, ğallaçilik va pillaçilikdan taşqari çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik va boğdorçilikni rivojlantiriş yölida saʼy-harakat qilinmoqda va dastlabki ijobiy natijalarga erişilmoqda. Bu natijalar hali davr talabi darajasida emas, albatta. Bu borada amalga oşiradigan kölamdor işlarimiz, işga solinadigan imkoniyatlarimiz va yangi-yangi loyihalar hali orldinda. Buning uçun belni mahkam boğlab, zör ğayrat-şijoat bilan işlaşimiz kerak.
Jabbor EŞÇANOV,
"Şörqalʼa” fermer xöjaligi raisi, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶