Qipchoq ovulida “OITS – ajal elchisi” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi
1- Dekabr – Butun jahon SPID (OITS) ga qarshi kurash kuni munosabati bilan Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini binosida “SPID – ajal elchisi” mavzusida tadbir oʻtkazilib, unda ovul fuqarolari va uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda 1- qishloq oilaviy poliklinikasi shifokori P. Qidirboyev soʻzga chiqib, jahon miqyosida muammoga aylanib borayotgan OITS ning oqibatlari haqida gapirdi.
Shundan keyin 27- Qipchoq saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Nametov Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi S. Yuldashevlar soʻzga chiqishib, “Ajal elchisi” deb nomlanayotgan bunday xavfli kasallikga chalinmaslik uchun barchani daʼvat etishdi.
Tadbir yakunida shifokor P. Qidirboyev tadbir ishtirokchilarining koʻplab savollariga javob berdi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶