Soğlom bola - millat kelajagi
Yurtboşimiz tomonidan "Obod turmuş yili” deya eʼlon qilingan 2013-yil ham poyoniga yetmoqda. Köngillarimizda olam-olam taassurotlar, quvonçlar, natijalar, yangi-yangi rejalar bilanyangi yilga yuz tutmoqdamiz. Bunday paytda joriy yilda amalga oşirilgan ulkan bunyodkorliklar, yangidan qad rostlab, foydalanişga topşirilgan maʼmuriy binolar, namunaviy loyiha asosida qurilgan, yurtimiz körkiga-körk qöşib turgan hovlilar, qişloq xöjaligi sohasidagi yutuqlar, sanoatning rivojlanişi va şular asosida iqtisodiyotimizning yuksalib, çin maʼnodagi obodlikka erişayotganimizdan köngillarimiz faxru iftixorga töladi.
Ayniqsa aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğibqiliş, tibbiy madaniyatni yuksaltiriş, yoşlarni nikohga tayyorlaş, soğlom oila quriş madaniyatini şakllantiriş, oilada soğlom farzandlar dunyoga kelişiga erişiş, ularni jismoniy va maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalaş borasida keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirildi.
Ezgu orzular oğuşida qarşi olişga çoğlanayotganimiz - yangi yilning "Soğlom bola yili” deya nomlanişi joriy yilda farzandlar tarbiyasi borasida amalga oşirilgan işlarimiz mantiqan davom ettirilişi va yanada yangi poğonaga kötarilişidan darak beradi.
Yurtboşimiz Asosiy Qonunimiz qabul qilinganligining 21 yilligigabağişlangan tantanali yiğilişdagi maʼruzasida "Bizning mana şu qisqa – yigirma ikki yillik yangi tariximizda mustaqillikka erişiş, milliy davlatçiligimiz, ertangi kunimizni qurişda, yurtimizni turli balo-qazolardan asraşda, Özbekistonimizning rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirişi, jahon maydonida munosib obrö topişida eng asosiy omillar nima, deb sörasa, men, boşqa mezonlarni inkor etmagan holda, bir fikrni alohida taʼkidlab aytgan bölardim: bu yöldagi eng muhim omil – bu ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan soğlom, heç kimdan kam bölmasdan boşini baland kötarib yaşaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olişga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlatni barpo etişga qodir bölgan barkamol avlodimiz, desam, ayni haqiqatni aytgan bölaman”, - dedilar yangi yilning nomlanişiga taʼrif berayotirib.
Ha, mamlakatimizda yoşlarni komil insonlar qilib tarbiyalaş, farzandlar tarbiya topadigan qutluğ maskan – oilalarni mustahkamlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş borasida amalga oşirilgan işlar öz samarasini berayotganini bugun hayot tasdiqlamoqda. Özbekiston dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uçun qulay şaroitlar yaratiş va onalik, bolalikni muhofaza qiliş borasida yetakçi örinlardan birini egallab turgani, Yunisefning şarqiy Yevropa, Boltiqböyi va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari böyiça ofisi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qiliş borasidagi dasturlarni joriy qilişda Özbekistonning mintaqadagi namunaviy model sifatida eʼtirof etilgani ham bejiz emas.
Dunyoda bizning xalqimizçalik borini bolasiga ataydigan bolajon xalq bölmasa kerak. Ota-onaningeng oliy orzusi - farzandining kamolidir. Yangi yilimizning "Soğlom bola yili” deya nomlanişi va şu munosabat bilan davlatimiz qabul qiladigan Dastur farzandlarimiz tarbiyasi borasidagi işlarimizni yanada yangi bosqiçga kötaradi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶