Markaziy Osiyoda Yangi yil
Çor tarafda xuş havo, Yangi yildan daraklar,
Kel hey, degan bir sado davralarga yetaklar.
Jaranglar ajib navo, humolanib yuraklar,
Har qariç yer, har maʼvo, bezandi yöl, yölaklar,
Qor gulin elar samo, qor bazmida malaklar!
Yil aylandi, Vatanga qorli, kumuş qiş keldi,
Neça şahru yovonga xayrli yumuş keldi.
Totuvlik tafti tanga eng yoqimli, xuş keldi,
Kördingizmi, har lahza elga huzurbaxş keldi –
Yurtning husni, körkiga maftun böldi falaklar!
Ehe-hey, qarang-qarang! Jirovlar jirlayotir,
Söqmoqlar oldi qor rang, qirlar-da sözlayotir.
Ölanlar soçdi jarang, dil-dilni izlayotir,
Anov qirlarga qarang, közlar-da quvnayotir –
Qirğizim – qirdoşimdan kelib ezgu tilaklar!
Qiz olişib, qiz berdik, örtaga ötov tikib,
Maydonlarda bellaşdik, oriyat tuğin tikib.
Qardoşim, deb dil berdik, ezgulik yölin tutib,
Şu yöllarda gul terdik, qozoq oğamni kutib –
Nasib etdi ming yillik qönoq bölib yurmaklar!
Pomirdan enib kelgan Amuda ming bir hikmat,
Qondoşim tojik bilan tutaşgan obi rahmat.
“Xuş omaded!” – deb turgan har şirin zabon albat,
Pödakiy, Navoiydan meros uluğ qadriyat –
Köngillarni östirgan baxtdan baland kökraklar!
Bedov otni jilovlab, qurga tuşgan qurdoşim,
Maxtumqulidan sözlab, soğintirgan sirdoşim.
Şayx Najmiddin Kubrodan bir ildiz va izdoşim,
Köhna Gurganj va Lebob yölida safardoşim –
Turkmanim poyin quçib yozildi gul palaklar!
Davralar töldi, qarang, neça millat birlaşib,
Ölan yo aydim sörang, kuylab berar jamlaşib.
Liboslar kamalakrang, qizlar kelar sirlaşib,
Bir tarafda yoş-yalang hatto “qor xat” yöllaşib –
Yuzlar böldi lolarang, gupirganda yuraklar!
Yagona tariximiz va köngillar muştarak,
Suv içgan ariğimiz, dil jomimiz muştarak.
Boqiy qadriyatimiz ham şonimiz muştarak,
Hayit-u ayyomimiz or, şaʼnimiz muştarak –
Zamin-u osmonimiz, oftobimiz çaraqlar!
Bir yonda oqin, baxşi, jam böldi sozandalar,
Kuy-qöşiq davra naqşi, jör böldi göyandalar.
“Lazgi”ning bor-da gaşti, qilmayin heç kandalar,
“Omon-omon”dan oldi, sozanda-göyandalar –
Markaziy Osiyoni quçib orzu-istaklar!
Sulh tuzildi örtada – Tinçlik böldi şevamiz,
Ona Yer – xaritada – bir yaylovda tevamiz.
Non-u tuz dasturxonda – bitta boğda mevamiz,
Soğinib, çorlaganda tölib ketar tegramiz –
Ming şukur, böldi nasib, davr-u davron surmaklar!
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶