Jayxun ilhomlari
KITOB BERING
Dunyolar tinç bölsin, desangiz,
Nur – ziyoga tölsin, desangiz.
Köp narsani bilsin, desangiz,
Kitob bering bolangizga Siz.
Kitob – bilim örtoği, derlar,
Hayotingiz mayoği, derlar.
Yölingizning çiroği, derlar,
Kitob bering bolangizga Siz.
Farzandingiz dono böladi,
Sözlarida maʼno böladi.
Balki Ibn Sino böladi,
Kitob bering bolangizga Siz.
Bilmaganin öqib biladi,
Yaxşi, ezgu işlar qiladi.
Sizga olqiş olib keladi,
Kitob bering bolangizga Siz.
Yaşnar doim öng-u sölingiz,
Çaroğondur oydin yölingiz.
Dard körmagay bergan qölingiz,
Kitob bering bolangizga Siz.
Qornimiz töq, yupun ustimiz,
Bölmaydi heç kam-u köstimiz.
Kitob sirdoş, odil döstimiz,
Kitob bering bolangizga Siz.
Nasib qilsa, öynab-kulasiz,
Faxr-u iftixorga tölasiz.
Savob işni qilgan bölasiz,
Kitob bering bolangizga Siz.
Şomurod XÖJANOV,
Dörman ovuli.
ONAJON
Onajon, aylanay qaroğingizdan,
Oftobda qoraygan yonoğingizdan.
Közlarimga surtib, özim örgilay,
Mehnatda qabargan qadoğingizdan.
Bizni ulğaytirib, duo qildingiz,
“Boşing toşdan bölsin bolam,” – dedingiz.
“Mehnatsiz boylikni közlama zinhor,
Doim bölsin noning halol”,– dedingiz.
Bu kun qölingizga hassa bölayin.
Oyoğingiz tolsa, opiçlab yuray.
Ona, poyingizga boşimni qöyib,
Izingiz ğuborin közimga suray.
Dunyoning tinçligin közlovçi Sizsiz,
Farzand quvonçi deb qaddi bukiksiz.
Hayot falsafasi közingizda jo,
Moziydan ertaklar sözlovçi ustoz.
Siz ona, Siz ustoz, Siz oddiy inson,
Suyagi mehnatda qotgan dehqonim.
Uyim fariştasi, könglim sarvari,
Hovlimni töldirgan xuşböy rayhonim.
Onajon, Siz uçun şeʼr yozmoq böldim,
Qalamim söz topmay boşini egdi.
“Dunyo taşvişlarin ortmoqlab yurgan,
Onalar buyuk va tabarruk” – dedi.
Gözalxon SAFARBOEVA,
13-maktab öqituvçisi.
Uctozim
Sinf rahbarim G.Yusupovaga
Örgatdingiz ilmga,
Joyladingiz dilimga.
Quvonaman ustozim,
Foydam tegsa elimga.
Neça yillar ötsa ham,
Unutmaymiz aslo, heç.
Doim yodimizdasiz,
Eslaymiz erta-yu keç.
Öttiz ikki öquvçi,
Sizni qiynadik ança.
Barçamiz birgalikda,
Rahmat aytamiz qança.
Körib qolsak baʼzida,
Biz şogirdlar taʼzimda.
Böling doim soğ-omon,
Sizga bölsin şaraf-şon!
Iroda YeRDOŞEVA,
38-maktab öquvçisi.
RAYHON
Savlat tökib böylaring,
Olam öpar hidlaring.
Men közingni nam kördim,
Rayhon, nega yiğlading?
Barglaring şamol silab,
Xuş böying eslab-eslab
Boğimga soçilgan dam,
Rayhon, nega yiğlading?
Iforingga çömilgan,
Qara, çamanim kulgan.
Bilsam, rayhon, közingda,
Yoş emas, şabnam ekan!
Maftuna QURBONBOYeVA,
Çoyköl ovuli.
Yaşnasin dunyo!
Oradan oy-u yil, asrlar ötar,
Kimlardir tuğilar, kimlardir ketar,
Kelajak bizlardan ezgulik kutar,
Obodlik, şodlikda yaşnasin dunyo!
Tun qaʼrini tilib yulduz uçganda,
Boylik uçun kimdir jonin yoqqanda,
Şeʼrlarida Berdaq bobom aytgandek,
Ayting, yuz yildan söng ne bölur, dunyo?!
Tun-kun oh çekadi mungluğ Orolim,
Sahro iskanjasida bağri – yarolim,
Qayon ketdi kiyik, sayğoq, marolim,
Buning oqibati ne bölur, dunyo?
Taʼrifingiz yetib eldan-ellarga,
Tariximiz köçsin tildan-tillarga,
Köz surinsin har qadamda gullarga,
Kamalakka dönib ketsin bu dunyo!
Hayotda...
Oltin deganlaring mis bölib çiqar,
Gohi ekinlaring puç bölib çiqar,
Döstim, deb yurganing baʼzida iblis,
Ming bor aldanursan turfa hayotda.
Qarçiğay ham qasd qilganin ololmas,
Baxt quşi bezsa takror qönolmas,
El içida hamma yaxşi bölolmas,
Yaxşi va yomonlar bölur hayotda.
Qalbing yaxşilikning bölsin anhori,
Şunda fazilat-u maʼno oqadi.
Yurakka dard solur döstning yomoni,
Yor-birodar topa biling hayotda.
Jabborbergan ŞOMURODOV,
Qönğirot tumani.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶