Ezgu maqsadlar bilan
Obodlik - köngildan boşlanadi. Qalbimizdagi pok niyatlar bizni ezgu maqsadlarimiz sari yetaklaydi. Maqsadga erişiş uçun esa xohiş-istak, fidoyilik, sabr-qanoat, qatʼiyat, iroda ham zarurdir.
Oramizda şunday insonlar borki, ular bilan suhbatlaşib, hayotiy fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşib, maʼnaviy ozuqa olasan. Umri davomida qizğin mehnat faoliyati, erişgan va erişayotgan yutuqlari haqida eşitib, havas qilasan kişi.
Tumanimizning "Xizr eli” mahallasidagi 46-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Aminboy aka Yöldoşev ham ana şunday dilkaş, samimiy, halol mehnati ortidan rohatu faroğat körib yaşayotgan insonlardan biri. Uning oilasi bilan tanişar ekanmiz, xonadon egalarining samimiy dil sözlari, oçiq çehrasi, totuv hayot keçirişidan diyorimizning ibratli xonadonlaridan biri ekanidan faxr hissini tuydik. Zotan, ahillik, totuv hayot qalbimiz gulşanidir.
Oila tinç bölsa, u mustahkam böladi. Oilaning tinçligi – şu oiladagi özaro hurmat, hamkorlikda işlaş, ijtimoiy va maʼnaviy omillarga ham boğliq.
Aminboy aka ham umr yöldoşi bilan bir maktabda işlab, farzandlarini el-yurt işiga kamarbasta bölişga davʼat etib kelmoqda. Mahallada ham öqituvçilar oilasi degan obrö-eʼtiborga ega.
Uning umr yöldoşi Gulora opa Töliyevaning fikriça, farzand tarbiyasida milliy qadriyatlarning örni alohida ahamiyatga ega.
- Bundan taşqari, xalq farzandlarini öz farzandingdek seviş, öquvçilarga nisbatan talabçan va mehribon böliş öqituvçilar zimmasiga yuklangan masʼuliyat, - deydi u.
Odamzod dunyoga kelibdiki, yaxşi yaşaşga, hayot lazzatlaridan imkon boriça tölaroq foydalanişga intilib kelgan. Har kim qayerda va qanday yaşaşi, qayerda işlaşidan qatʼiy nazar, birinçi navbatda öz turmuşidan, öz işidan, öz yuriş-turişidan xursand bölişi kerak. Baxtli bölişning birinçi şarti ham mana şu.
Obod turmuş tuşunçasi azaldan tinçlik, osoyiştalik, farovonlik, qut-baraka degan maʼnoni anglatadi. Istiqlol yillarida bu tuşunçalar yanada çuqur maʼno-mazmun bilan boyib, Vatan ravnaqi, yurt-tinçligi, biz uçun eng aziz hamda muqaddas bölgan qadriyatlarni asrab-avaylaşni ham özida mujassam etmoqda.
Aminboy aka Yöldoşevlar oilasining har bir aʼzosi ana şunday ezgu maqsad bilan yaşaydi.
Şarifa RAJABOVA.
Suratda: A.Yöldoşev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶