14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 10:32
Adabiyot 👁 3,975

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

USTOZLARGA HAZIL

Oq-qorani tanish-chun, kelganimda maktabga,

– Familiyang kim? – deya, meni solishda gapga.

Hayronligim oshgancha, men yelkamni qisaman,

Familiyam va ismimni oʻrgatishdi bir hafta.

Harflarni bilolmay, oʻzim jigʻibiyronman,

Oʻttiz-qirq yil ishlagan ustozga men hayronman.

Shuncha ishlab, harflarni bizlardan soʻrab oldi,

Ustozga harflarni oʻrgatdik. Yaxshi boʻldi!

Hatto barmoqlarini sanashni bilmas ekan,

– Bu necha? – deya bizdan sanashni bilib oldi.

Nazoratchi amaki bizlardan soʻrab qoldi,

Toʻgʻrisini aytgandik, u kishi hayron boʻldi:

“– Nahotki ustozlaring sanashni bilmasa-ya,

Sizlarga harf oʻrgatib, oʻz ishin qilmasa-ya”.

Ajablanib, amaki lablarini tishladi,

Atigi bir tuki yoʻq, boshini xoʻp qashladi.

Nazoratchi amaki hamon hayron yuribdi,

Ustozni “yuqori”ga aytsammi, deb turibdi.

Bu aslida ustozning, uslubidir oʻzgacha,

Qancha shogird chiqazgan, ustoz axir bizgacha.

Adil AMETOV, 27-maktab oʻqituvchisi.

 

Ogoh boʻl birodar, ogoh boʻl!

Onangning koʻksiga xanjar qadading,

Otangning boʻyniga sirtmoq bogʻlading,

Qarindoshlar boshini xam aylading,

Yosh boshingdan nelar qilib qoʻyding sen?

Vataningga xiyonatkor boʻlding sen...

Onajoning kelin olsam, degandi,

Sandiq toʻla seplarini yiqqandi,

Nabiralar katta qilsam, degandi.

Onang orzularin armon etdingmi?

Qon yigʻlatib, dilin vayron etdingmi?

Bir xatoing umringga ketar endi,

Avlodlaring bariga isnod endi,

Tugʻilmayin xazon boʻlsang boʻlardi.

Sen tiriksan, kuydi onangning joni,

Peshonangga tamgʻa «Vatan xoini».

Oʻz joningga oʻzing jabr qilding-ku,

Kelajaging oʻzing barbod qilding-ku,

Yuzing shuvut, gunohlarga botding-ku,

Oʻlsang, qabul qilarmi, ona tuproq,

Manqurtga aylangan ey telba, gumroh?

Ey doʻst, koʻzingni och, loqayd boʻlmagin,

Gʻanimlar toʻriga tushib qolmagin,

Vatansiz xorlikda xazon boʻlmagin,

Vatanni asragin koʻz qarogʻingda,

Bir siqim tuprogʻin joyla joningga.

Ogoh boʻling doʻstlar, ogoh boʻlingiz,

Qanday yashab boʻlar axir Vatansiz!

Jumagul YuNUSOVA.

 

Tengdoshlarimga

Maktabing qadrdon maskan,

Oʻqi, oʻrgan, qil ijod.

Aql-u mehnating bilan,

Yurtingni qilgin obod.

Koʻplab kitoblar oʻqi,

Ijod qil, sheʼrlar toʻqi.

Albat, boʻlgin bilimdon,

Seni tan olsin jahon.

Yurtga boʻlgin sen madad,

Xalqqa munosib farzand.

Yurtimizning ertasi,

Sen kelajak egasi.

Iroda BEKIMBETOva,

30-maktab oʻquvchisi.

 

Ona yurtim qomusi

Vatanim Oʻzbekiston,

Chamanzor, bogʻ-u boʻston.

Adolatli Qomusim,

Yaratgan ulugʻ imkon.

Vatanni sevmoq – imon,

Ham faxrimiz, burchimiz.

Toki bor tanlarda jon,

Baxsh etgaymiz kuchimiz.

Qomusimiz posbondir,

Baxt-u iqbolimizga.

Dilda Oʻzbekistondir,

Fidokor yoʻlimizda.

Har moddada ona Yurt

Istiqboli mujassam.

Har satrida xalqimning

Orzulari boʻlgan jam.

Shunday Yurt farzandiman,

Yayrab bilim olaman.

Istiqlol dilbandiman

Erkdan quvvat olaman.

Sevinchoy JUMABOYeVA, 40-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Mehri baland ustozim!

Kun kelib, qalamim sinib ketganda,

Yigʻidan koʻzlarim tinib ketganda,

Hayot doʻstlarimni dushman etganda,

Dardingni yut, degan ustozim erur.

Zafar choʻqqisiga yetganimda ham,

Qush boʻlib osmonda uchganimda ham,

Yana zaminimga tushganimda ham,

Qaddingni tut, degan ustozim erur!

Adashib, ozorlar yutganimda ham,

Tazzaru etagin tutganimda ham,

Bandadan muruvvat kutganimda ham,

Sabrni oʻrgatgan ustozim erur!

Tuningning chirogʻi toʻsilgan kuni,

Doʻsting ham, yoring ham qilganida noz,

Boshingni egmasdan eslagin shuni –

Uchsang, qanotman, deb turadi ustoz!

Yulduz SAFARBOYeVA.

 

GUL TIKANI

Gullar koʻpdir, gullar sarasin,

Ekmay turib, bilmas ekansan.

Hidi seni mast qilgandan soʻng,

Tikanlarin sezmas ekansan.

Mehr berib, parvarish qilsang,

Gʻunchalari ilhom beradi.

Chiroyidan koʻzlaring quvnab,

Eng goʻzal his – tugʻyon beradi.

Gul oʻstirdi bogʻbon bogʻida,

Mehr ila parvarish etdi.

Ammo gullar ochilgan chogʻda,

Tikanlarin misli nish etdi.

Shilib ketdi bogʻbon qoʻlini,

Quvonch bilan silagan paytda.

Iforidan mast boʻlgan dilni –

Bogʻbonini solib hayratga.

Shukurullo YuSUPOV,

“Gulzor” mahallasi.

 

Sheʼrimga

Tunlarim tonglarga ulanib ketdi,

Sendan kecholmasam, ne qilay aytgin?

Tark etmagin hech, jonimda yasha,

Olislarda boʻlsang ham yonimga qaytgin.

Sheʼrim, sen goʻyoki oʻtli muhabbat,

Yozgim kelaverar, yozganim sayin.

Qogʻozga toʻkmasang yurak toʻla dard,

Dilni anglamoqlik shunchalar qiyin.

Sen shunday beozor, nurli bir tuygʻu,

Kelganing dilimda berar sado, sas.

Vujudimda yaralding, yoʻqdir hech qaygʻu,

Seni yuraklarga koʻchirolsam bas.

Koʻpdir bu dunyoda bevafo, beor,

Balki eng yaqin doʻst, balki sevgan yor.

Sen yasharsan qalbda mangu tanho yor,

Sheʼrim, oʻzingdadir sadoqat, vafo.

Men tirik ekanman, oʻzing ham borsan,

Yuragimning kuyi, qalbdagi torsan.

Qachon yaralasan, qishdami, kuzda,

Men uchun hamisha goʻzal bahorsan.

Aziza OʻROZBOYeVA, 32-maktab oʻquvchisi.

 

SIZ KULSANGIZ

Siz kulsangiz, koʻngil quvnaydi,

Dard nima-yu gʻam ne, bilmaydi.

Siz kulsangiz, ey, onaginam,

Yuragimda mehr gullaydi.

Oq-qoraning farqini bilib,

Men baxtliman shu kunga kelib.

Onajonim, siz mehribonim,

Yuringiz sogʻ, yuzlarga kirib.

Dadajonim koʻzlarida – siz,

Mehr balqqan yuzlarida – siz.

Tunda chiqqan oy shuʼlasida,

Mening baxtim yoʻllarida – siz.

Xafa qilmay, koʻnglingiz olay,

Izlaringiz gullarga oʻray.

Ranjisangiz, dardim osmondir,

Siz kulsangiz, orzuim talay!

Tongim zavqli, sokin tunlarim,

Siz-la yorugʻ shodon kunlarim.

Onaginam, siz tanhoginam,

Siz kulsangiz, jannat yoʻllarim.

Siz kulsangiz, yurakda quvonch,

Kelajakka ortadi ishonch.

Minnatdorman onajon sizdan,

Mehr gulin sochay boshizdan!

Dildora RAJABOVA,

“Doʻstlik” mahallasi.

 

Baxtimiz qomusi

Farovonlik oftobi,

Baxtimizning qomusi.

Konstitutsiyadir bu –

Vatanimiz nomusi.

Baxt porlaydi soʻzingda,

Qonunlarning kitobi.

Baxt kaliti oʻzingda,

Boʻl ezgulik xitobi.

Bizga saodat berding,

Yaratding buyuk imkon.

Sen tufayli xalqimning

Baxtini koʻrdi jahon!

Iroda Yerdosheva,

38-maktab oʻquvchisi.

 

Ustozimga

Mehringiz ayamay bilim berasiz,

Onamdek begʻubor, munis ustozim.

Bizni deb tinmasdan mehnat qilasiz,

Ustozim, qilaman sizga ming taʼzim.

Hayotda toʻgʻri yoʻl sari undaysiz,

Quyosh kabi yorugʻ, iliq qalbingiz.

Porloq kelajak-chun harakat qilib,

Charchash-u oromni hecham bilmaysiz.

Buning-chun ustozim ming-ming tashakkur,

Iliq soʻzlaringiz bizga daldadur.

Sizdan minnatdormiz, doim bir umr,

Gar ranjitgan boʻlsak, ming bora uzr.

Sizdek boʻlish orzuim ham maqsadim,

Sizga doim havas ila qarayman.

Shuning uchun ustozlikni tanladim,

Doim omon boʻling, aziz muallim.

Shahlo QUROLOVA, 62-maktab oʻquvchisi.

 

Bayrogʻim

Bayrogʻim – buyuk qadrim,

Hilpira yuksaklarda.

Gʻururimsan va baxtim –

Ishonchsan yuraklarda.

Oppoq rang – begʻuborlik,

Yashili – bu tabiat.

Qizil rang qahramonlik –

Tanimdagi kuch-quvvat.

Mustaqillik nafasin,

Ufurar hilpirashing.

Gʻurur toʻla qalblarda,

Imon-u eʼtiqodim.

Senga boqib dil yayrar,

Xotirjamdir koʻngillar.

Vatan uzra hilpirab,

Turavergin asrlar.

Zuhra AHMEDOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019