Yer – oltin xazinamiz
Yer, yer osti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalaniş zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
55-moddasi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erişgaç, yer munosabatlarini tartibga soluvçi qonunlar tizimi işlab çiqildi va ularni takomillaştiriş borasida muhim işlar amalga oşirildi. Bu boradagi munosabatlarni tartibga solişda Özbekiston Respublikasining "Yer Kodeksi” asosiy meʼyoriy hujjat bölib xizmat qiladi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, yer resurslaridan foydalanişda yuridik va jismoniy şaxslarning barça haq-huquqlari Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan. Umummilliy boyligimiz bölgan tabiiy zahiralar – yer, yer osti va yer usti boyliklari, suv va ösimlik dunyosidan oqilona foydalaniş hamda ehtiyotkorona munosabatda böliş har birimizning fuqarolik burçimizdir. Ayniqsa, yer resurslarining talon-taroj qilinişiga yöl qöymaslik, tuproq ekologiyasi buzilişining oldini oliş, ekişlik maydonlari, yaylovlar, tomorqa yerlaridan yil mavsumlarida maqsadli foydalanişni taʼminlaş – aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondirişda muhim omil hisoblanadi. Tuman yer resurslari va davlat kadastri bölimi xodimlari tomonidan yerga oid munosabatlarni tartibga soliş borasida ibratliişlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimiz hududi 102.119 gektarni taşkil etadi. Şundan 32.482 gektari suğoriladigan yerlar hisoblanadi. Boğlar, uzumzor va tutzorlar esa 1533 gektarni taşkil etadi. Çorvaçilik uçun möl-köl ozuqa zahirasi hisoblangan 1.251 gektar piçanzor va 8.579 gektar tabiiy yaylovlar xalqimizning göşt va sut mahsulotlariga bölgan ehtiyojlarini qondiriş, çorvaçilikni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 43.845 gektar maydonda turli xil qişloq xöjalik ekinlari yetiştiriladi, 6.191 gektar yer maydoni esa aholiga tomorqa uçun ajratilgan.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan 277 ta fermer xöjaliklarining 254 tasi paxtaçilik va ğallaçilikka ixtisoslaşgan. 5 tasi boğdorçilik, 6 tasi parrandaçilik va 12 ta fermer xöjaligi çorvaçilik yönalişi böyiça faoliyat olib borişadi. Ular qaysi yönalişda iş olib borişlaridan qatʼiy nazar, barçasi uçun umumiy maʼnoda foyda keltiruvçi manba – Yerdir. Sababi, u çorvadormi, paxtakormi, ğallakoru sohibkormi, yerga sepgan bir hovuç uruği minglab tonna paxta, ğalla, meva-çeva, göşt-sut mahsulotlari bölib omborlarni töldiradi. El-yurtga rizq-nasiba bölib dasturxonlarni bezaydi. Xonadonlarimizga körk bağişlab, hayotimizga farovonlik, turmuşimizga obodlik olib keladi. Bularning barçasi umummilliy boyligimiz – Yerga, tabiiy zahiralarga oqilona munosabatimizning hayotiy ifodasidir.
Ota-bobolarimiz: "Oyoğimiz ostidagi Yer emas – oltin xazina”, - deb taʼlim berişlari ham şundan. Şu bois, mamlakatimizda yerga bölgan munosabat mustaqillik yillarida davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Demak, ona zaminimizni avaylasak, şu oddiy tuproq bizning qadr-qimmatimizni yanada baland kötaradi, rizq-u nasibamizni uluğ qiladi.
Öktam YÖLDOŞEV,
tuman Yer resurslari va kadastri bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶