“Milliy raqslar” tanlovida yosh ijrochilar oʻz iqtidorlarini namoyish etdilar
Har bir xalqning raqs anʼanalari, ijro uslubi oʻz milliyligidan kelib chiqib yaratilgan. Raqs sanʼati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Fargʻona raqsi yoʻnalishida shakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida rivojlandi. Oʻtgan davr mobaynida mazkur yoʻnalishlarning har biri bir qancha tarixiy bosqichni bosib oʻtib, oʻz shakli shamoyili, mazmuniga ega boʻldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi.
Milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish va raqs boʻyicha yoshlardagi iqtidorni shakllantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan ham toʻgaraklar tashkil etilib, unga koʻplab yoshlar jalb etilmoqda. Shuningdek, turli tanlov va tadbirlar oʻtkazilib, katta sahnalarga chiqishlariga imkoniyat yaratilmoqda.
23-noyabr kuni tuman Madaniyat va aholi dam olish markazida tuman Madaniyat boʻlimi, Xalq taʼlimi boʻlimi va Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida “Milliy raqslar” tanlovi oʻtkazilib, unda tumandagi maktablar oʻquvchilari ishtirok etdilar. Oʻquvchilar oʻrtasida iqtidorlilarni aniqlash va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida oʻtkazilgan tanlov guruh raqs va yakka raqs yoʻnalishlarida oʻtkazildi. Sahna madaniyati, liboslar, raqsning badiiy saviyasi, musiqalar milliyligiga alohida eʼtibor qaratilgan tanlovda guruh raqs yoʻnalishi boʻicha tumandagi 76- va 40-sonli maktablar raqs jamoalari 1-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdilar. Yakka raqs yoʻnalishi boʻyicha esa 76- va 16-sonli maktab oʻquvchilari 1-oʻrin gʻolibi boʻldilar. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan “Faxriy yorliq” va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶