Konstitutsiya kuniga bağişlangan tadbir

Konstitutsiya barça qonunlarimizning asosi, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz baxt-saodatining kafolatidir. Istiqlol yillarida hayotimizning barça jabhalarida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Buning zamirida eng avvalo inson xuquq va erkinliklariga bölgan eʼtibor, uning şaʼni va qadr-qimmatini hurmat qiliş, inson huquqlarining eng oliy qadriyat sifatida tan olinişi kabi hayotiy tamoyil yotadi. Ana şu kabi ğoyalar bundan 21-yil muqaddam qabul qilingan Boş qomusimizda alohida mustahkamlangan.
Tuman hokimligida mazkur sana munosabati bilan ötkazilgan tadbir avvalida Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining Davlat madhiyalari yangradi. Bayram tadbirida tumanimiz hokimi, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, fuqarolarning özini-özi boqariş organlari, muassasalar rahbarlari, taʼlim sohasi xodimlari va keng jamoatçilik vakillari iştirok qildilar. Tadbirda tumanimiz hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Rajabboy Yöldoşev natq sözladi.
Tumanimiz hokimi öz sözida yiğilganlarni mamlakatimizning Boş Qomusi bölmiş Konstitutsiyamizning 21 yilligi bilan muborakbod qilib, Konstitutsiya – bu, istiqlol va mustaqil Özbekiston ramzi, ğurur-iftixori, şu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, dini, irqi, tilidan qatʼi nazar, barça uçun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvçi dasturilamal hujjat ekanligini taʼkidladi.
Çindan ham, Vatanimiz mustaqilligining yigirma ikki yilligi keng nişonlangan joriy yilda Konstitutsiya kuni bayrami ham özgaça ruh va kötarinki kayfiyatda nişonlanmoqda. Zotan, ötgan yigirma ikki yil davomida davlatimizning xalqaro maydonda öz örnini topişi, barça sohalarda keng kölamli islohotlarni amalga oşiriş va yuksak marralarga erişiş, xalqimiz uçun heç kimdan kam bölmagan farovon hayot barpo etişda asosiy qonunimiz – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qildi. Oldimizga qöygan boş maqsadimiz – huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati quriş yölidagi barça saʼy-harakatlarimiz ham konstitutsiyamizga tayangan holda olib borilmoqda.
Eng muhimi, Konstitutsiyamizda inson şaʼni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan ilk kunlardan boşlab ana şu ezgu tamoyil asosida iş olib borilmoqda. Barça işlarimiz aholining tinç va faravon hayot keçirişi, dasturxonimiz tökin-soçinligi yölida amalga oşirilmoqda, dedi tumanimiz hokimi öz sözida.
Tadbirda sözga çiqqanlar öz nutqlarida tarixan qisqa davr mobaynida Konstitutsiya öz yuridik tarixining köp asrlik huquqiy anʼanalari va jahon tajribasining eng ilğor jihatlarini, eng maqbul printsiplarini özida mujassamlaştirganligiga va uni amalda töla namoyon etayotganligiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Tadbir söngida tuman madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan
tayyorlangan bayram dasturi yiğilganlar eʼtiboriga havola qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶