Vijdon erkinligi kafolati
Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
31-moddasidan.
Vijdon erkinligi kafolati
Ona diyorimizda yaşovçi barça xalqlar hayotida muhim voqea bölgan Asosiy Qomusimizning qabul qilinganiga 21-yil tölişini nişonlaş arafasida turibmiz. Maʼlumki, asosiy Qomusimizda inson omilining, inson huquqi, şaʼni va qadr-qimmatining eng oliy qadriyat, deb belgilab qöyilgani bugungi kunda yurtimizda amalga oşrilayotgan keng miqyosli islohotlar tufayli öz isbotini topmoqda. Unga asosan olib borilayotgan faoliyat va saʼy-harakat özining ijobiy natijalarini bermoqda.
Asosiy Qomusimizda jinsi, millati, dini, irqi, yoşi, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼiy nazar inson huquqlarini muayyan darajada kamsitadigan birorta ham moddaning yöqligi mamlakatimiz fuqarolarining din-u eʼtiqodda erkinligidan yaqqol dalolatdir.Bu – ajdodlarimizdan meros bölib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz va bebaho anʼanalarimizning Boş Qomusimizda beqiyos örni borligini bildiradi. Ming yilliklar davomida ajdodlardan avlodlarga, ota-onalardan farzandlarga, vorislarga ötib kelayotgan va dunyoning heç bir burçagida takrorlanmaydigan ajoyib munosabatlarning, insoniy fazilatlarning Asosiy Qomusimizdan örin egallagani tahsinga sazovor.
Diyorimizning barça hududlarida istiqomat qiluvçi mömin-musulmonlar uşbu Qomusda belgilab qöyilgan huquq va erkinliklardan keng va teng, bemalol foydalanmoqdalar.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi umumxalq muhokamasidan ötgandan keyin 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilindi. Mazkur hujjatning qabul qilinişi mustaqil davlatimizning davlatçilik tarixida buyuk voqea böldi. Unga binoan 1998-yil 1-mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi Qonunga asosan diniy taşkilotlarning huquqiy maqomi belgilab berildi. Mazkur Qonunning 5-moddasi eʼtiqod sofligi, diniy bağrikenglikka asoslangandir.
Mustaqil ona diyorimizda yaşovçi barça millat vakillarining urf-odat, anʼana va qadriyatlari huquq va erkinliklari kafolatlangan Asosiy Qomusimizda inson huquqlari, burç va vazifalari kabi vijdon erkinligi ham alohida belgilab qöyilgan. Asosiy Qomusimizning 31-moddasida "Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi” – deb alohida taʼkidlangan. Diyorimizda amaldagi qonunlar asosida turli dinlarga eʼtiqod qiluvçi va ularga eʼtiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil eʼtiqodlarga mansub diniy taşkilotlar örtasida özaro murosa va hurmat örnatilişi taʼ-minlangan.
Muborak islom dini qadriyatlari boy va buyuk maʼnaviyatimiz asosi ekanligini eʼtirof etib, Yurtboşimiz bunday deganlar: "Biz millatimizni mana şu muqaddas dindan ayri holda tasavvur qila olmaymiz. Diniy kadriyatlar, islomiy tuşunçalar hayotimizga şu qadar singib ketganki, ularsiz biz özligimizni yöqotamiz”.
Milliy Qomusimiz moddalarida nafaqat xalqçil tamoyillar, balki ming yillar davomida rivojlanib kelgan milliy maʼnaviyatimiz asoslari öz ifodasini topganligi boisidan barçamiz uçun qadrlidir.
R.Habibullayev,
"Hoji Eşon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi, Qipçoq qişloği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶