Texnologik audit — sifatli xizmat kafolati
Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş hamda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qiliş masalasiga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, iqlim özgarişi va suv tanqisligi şaroitida mazkur yönalişda tizimli va ilmiy asoslangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi “Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida davlat nazoratini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 66-sonli farmoni soha xodimlari oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qöydi. Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boşlab barça içimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş tizimi obʼektlarini texnologik auditdan ötkaziş tartibi belgilab berildi.
Mazkur auditning asosiy maqsadi — tizimdagi mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilaş, energiya resurslarini tejaş hamda aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişdan iborat. Bu orqali kommunal xizmatlar samaradorligini oşiriş va içimlik suvi taʼminotining uzluksizligiga erişiş közda tutilgan.
Farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspektsiyasi hamda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati mutaxassislari hamkorligida texnologik audit ötkaziş böyiça maxsus reja-grafik işlab çiqilgan bölib, tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlardagi içimlik suvi va oqova suv tizimi obʼektlarida keng qamrovli örganiş işlari olib borilmoqda.
Amudaryo tumani Oq oltin ovuli hududida joylaşgan suvni çuçuklantiruvçi stantsiyada ham texnologik audit ötkazildi. Örganiş jarayonida inşootning texnik holati, işlab çiqariş quvvati va xavfsizlik talablariga rioya etilişi batafsil tahlil qilindi.
Mazkur stantsiyada har biri 500 kub metr hajmga ega bölgan 2 ta rezervuar mavjud bölib, umumiy 1000 kub metr suvni tindiriş, saqlaş va çuçuklaştiriş quvvatiga ega. Şuningdek, 4 ta yer osti quduği orqali suv oliş yölga qöyilgan. Örganişlar natijasida barça suv inşootlari işçi holatda ekanligi aniqlandi.
Uşbu inşootlar orqali Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hamda Jumurtov şaharçasida yaşovçi jami 2414 nafar aholi toza içimlik suvi bilan taʼminlanmoqda. Bu esa aholining sanitariya-gigiyena şaroitlarini yaxşilaş, soğlom turmuş tarzini taʼminlaş va kasalliklarning oldini olişda muhim omil hisoblanadi.
Mutaxassislar taʼkidlaşiça, texnologik audit tizimli ravişda amalga oşirilsa, suv taʼminoti sohasidagi kamçiliklar bartaraf etilib, xizmat sifati yanada oşadi. Eng muhimi, energiya tejamkor va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali kommunal infratuzilmaning barqarorligi taʼminlanadi.
Orolböyi şaroitida toza içimlik suvi — bu nafaqat kommunal xizmat, balki aholi salomatligi va farovonligining muhim kafolatidir. Şu bois mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim örin tutadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶