Yoşlik – ilm hunar egallaş davri
Har kim bilim oliş huquqiga ega.
Bepul umumiy taʼlim oliş davlat tomonidan kafolatlanadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining41-moddasidan
Otam şifokor bölgani uçunmi, bolaligimdan şu sohaga qiziqqanman. Bolalar bilan öynayotgan damlarimizda ham birortasi surinib yo töqnaşib ketib yiqilsa, unga xuddi otamning bemorlarga ğamxörlik qilgani kabi men ham ğamxörlik qilişga urinardim.
Umumtaʼlim maktabini bitkazib, Nukusdagi 1-sonli tibbiyot kolle-jiga öqişga kirdim. Öqiş, amaliy maşğulotlar jarayonida tanlagan soham nihoyatda jiddiy va masʼuliyatli ekanligini teranroq angladim. Biroq bu meni niyatimdan qaytarmadi. Va aksinça har kungi dars maşğulotlarini puxta özlaştirişga intildim.
Kollejni tugatib 2006-2007-yillar oraliğida muddatli harbiy xizmatda böldim. Bir yil davomida öz xizmat burçimni aʼlo darajada bajarganim uçun menga oliy öquv yurtiga kiriş uçun eng yuqori ballning 25 foizi miqdorida imtiyoz berildi. Oliy öquv yurtlariga qabul vaqtigaça Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filialining xirurgik reanimatsiya bölimida işladim. Imtiyozim tufayli Toşkent tibbiyot oliygohining Nukus filiali davolaş işi fakultetiga tölov şartnoma asosida öqişga kirdim.
Öqiş bilan birga jamoat işlarida ham faol qatnaşmoqdaman. Guruhimiz sardori va "Kamolot” YoIH faoli sifatida talabalar örtasida tarbiyaviy maʼrifiy tadbirlarni ötkazişga kömaklaşişga, obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari haşarlariga faol qatnaşişga erişayapman.
Fakultetimiz dekani Asqar Qöçqarov, oliygoh "Kamolot” boşlanğiç taşkiloti yetakçisi Keunimjoy Mambetniyozov va guruhimiz rahbari Arslon Öteniyozovlar bizning kasbimiz sirlarini puxta özlaştirişimizga har tomonlama ğamxörlik qilmoqdalar. Ayniqsa tölov şartnoma pulining 35 foizi "Kamolot” YoIH tomonidan tölab berilayotgani menga juda madad bölayotir.
Bizning mamlakatimizda yoşlar-ning öqib, bilim olişlari, mutaxassislikni puxta egallaşlari uçunkörsatilayotgan ğamxörliklar dunyo havas qilsa, arzigulik. Ke-lajak egalariga şunçalik şaroitlar yaratilayotgan mamlakatning bir farzandi sifatida bundan juda mamnunman. Va kelgusida albatta bu ğamxörliklarga öz mehnatim bilan javob qaytaraman. Yoşlarga bizning bilim oliş huquqimiz Asosiy qonunimizda belgilab qöyilgan, bundan unumli foydalaning, degim keladi. Çunki yoşlik öqiş, hunar va mutaxassislik egallaş davri.
Uluğbek Yavqaşev, talaba.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶