Toş yopliklar tumanda birinçi bölib marraga yetişdi
“Bizning “Toşyop” muqobil maşina-traktor parkimiz 10 ta paxtaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklariga, 2 ta çorvaçilik bilan şuğullanuvçi agrofirmaga, 2 ta baliqçilik bilan şuğullanuvçi masʼuliyati çeklangan jamiyatiga xizmat körsatadi.
Paxta – mehrtalab, parvariştalab ösimlik. Har bir agrotexnik tadbirni öz vaqtida sifatli ötkazganimiz va yil-ön ikki oy fermer xöjaliklari aʼzolarining fidoyi mehnatlari tufayli kuzgi sarhisobda yuzimiz yoruğ böldi. “Roza Jumamurodovna”, “Bekmon Allaberganov”, “Barno-Nasiba”, “Polvonniyozbek”, “Ozodov Musabek”, “Sirojbek-Odilbek” kabi fermer xöjaliklarimiz yillik paxta topşiriş rejasini sentyabr oyidayoq uddalab qöyişdi.
Şu kungaça jami 276 gektar paxta maydonidan 670 tonnadan ziyod hosil yiğiştirib olindi va tumanda birinçilardan bölib rejani uddalaşga erişdik. Ayni paytda bu körsatkiçni 700 tonnaga yetkazişga harakat qilmoqdamiz.
Jumaboy Asqarov, Toşyop MMTP raisi.
Suratda: ilğor terimçilarga sovğalar topşirilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶