Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi oldidan
Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasidan.
Özbek qardoşim, qozoq bavurim deydi
Tumanimizda köp ming sonli qozoqlar özbek, qoraqalpoq, turkman, rus, tatar kabi turli millat vakillaribilan bir ota-ona farzandlariday ahil-inoq yaşaşmoqda. Ularning ota-onalari Amu sohilida joylaşgan şu makonda asrlar oşa birga umrguzaronlik qilişib, barça xalqlar bilan quvonçni ham, qayğuni ham birga totib kelişgan. Töy maʼrakasi bir, orzu-intilişlari bir odamlar turli millat vakillari orasida munosabatlarni çegaralovçi heç bir omil yöqligi bois, hatto köpçiligi qiz olişib, qiz berişib qarindoş bölib ketişgan.
Şunisi quvonarliki, yurtimizda özbek qozoqqa qardoşim desa, qozoq özbekka bavurim deydi. Özaro hamjihatlik, şu yurt ravnaqi yölidagi orzu-intilişlari neçoğ-lik hamohang, turmuş tarzi bir xil bölsa-da qozoqlar öz ota meros anʼanalarini, urf-odatlarini ham unutgani yöq. Bular ayniqsa kelin tuşiriş töylarida, beşik töylarda va boşqada marosimlarida ayniqsa yaqqol namoyon böladi. Şuningdek farzandning, kelinningota-ona bilan munosabatlarida ham özgaçaliklar bor. Qozoq millati vakillarining uruği bir bölsa, tuğişgan qarindoş hisoblanadi. Ular bir-biri bilan qiz olişmaydi. Ona birinçi farzandining ismini aytmaydi, kelin qaynisi, bekaçlarining ismini aytmaydi, qaynona-qaynotasiga-ena, ota deb murojaat qilsa, qaynisi, bekaçlariga erkalatib öziça ismlar qöyib oladi.
Turli millat vakillari orasida yaşasada qozoqlar bir-biriga mehr-oqibatli, urf-odat, anʼanalariga sadoqatli. Asrlar oşa özbek zaminida yaşab kelayotgan qozoqlarning bu urf-odatlarini şu makonda istiqomat qiluvçi barça xalqlar ham hurmat qilişadi. Umuman Özbekiston Respublikasi barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar, deya Asosiy qonunimizda taʼkidlangani hayotimizda har lahzada öz isbotini topib turibdi. Fikrimning isboti sifatida tumanimizda oz sonli qozoqlar orasida rahbar xodimlari, mulkdorlar, deputatlar borligini aytişim mumkin. Şuningdek ikkita qozoq tilida öqitiladigan umumtaʼlim maktablari bor va ularda bolalarning öqib ilm olişlari uçun çeksiz ğamxörliklar qilinayotir.
Ha, Özbekistonimizda yaşovçi xalqlarning millati, tili turliça bölsada maqsadlari bir: mustaqil Vatanimizning tinçligi, osoyiştaligi va farovonligiga hissa qöşiş, şu zaminni avlodlariga gullab-yaşnagan ölkaga ay-lantirib meros qilib qoldiriş.
Ozod Almurodov,
tuman qozoq milliy madaniyati markazi raisi.
(Foto-http://adolat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶