12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:32
Adabiyot 👁 3,779

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Çiroq

(Yaqin ötmiş gurungi)

Bekat. Tört-beş yigit davrani örab,

Turibdi “taksist”dan yolvorib sörab:

Akkumulyator tözsa, taşlama sira,

Eskirgan bölsa ham menga ber, jöra.

...Sutkada uç soat yonadi çiroq,

Yoruğlik amalin qiliş şart, biroq.

Solyarka falon söm! Ha, undan köra,

Akkumulyatoring menga ber, jöra.

Tong bilan yumuşga bormasak bölmas,

Yuz-qölga iliq suv olmasak bölmas.

Minnatsiz, turtinib yurgandan köra,

Akkumulyatoring menga ber, jöra.

Öninçi lampaning şişasi qurum,

Olmasam bölmaydi piligin gulin.

“Svetodiod” zör lampadan köra,

Akkumulyatoring menga ber, jöra.

Maşaqqatlar yomon, aytasan nesin,

Ketkazib bölmaydi qölingdan isin.

Menga işonmasang, qöşnidan söra,

Akkumulyatoring menga ber, jöra.

Endi elektr tok qaçon keladi,

Qaçon uy yorişar, Xudo biladi.

“Bilmayman!”–dedi-ku hov fermer töra,

Akkumulyatoring menga ber, jöra.

Kördim, starterga yetmaydi kuçi,

Itarib yoqmoq ham uyat sen uçun.

Yangisin ol! Bizdan bir palovtöra,

Akkumulyatoring menga ber, jöra.

–Şukur! Bizda gaz, tok böldi farovon,

Qiş-u yoz uyimiz issiq, çaroğon.

Puling ham kerakmas, xaltangga öra,

Eski akkumulyator seniki, jöra!

Tursunboy Abdullayev.

 

Tuşlarimda sizni köray

Yaratgan Egamga iltijo qilib,

Onamning tuşimga kirişin sördim.

Neça yillar siymongiz soğinib yurib,

Bugun tuşlarimda men Sizni kördim.

Siz bilan uyğondi bugungi tonggim,

Maʼyuslanib yana öylarga toldim.

Taşvişli dunyoning ğalvalari-yu,

Yolğon ertagiga aldanib qoldim.

Ğam çökkan könglimni ovutiş uçun

Mayliga onajon, aldanib yuray.

Iltijom Egamga yetgan onlari,

Tuşlarimda faqat, men Sizni köray.

Xuşröy EŞÇONOVA.

 

ŞUNÇAKI EMAS

Men şunçaki tuğilmaganman,

Men şunçaki yaşolmayman, bas.

Yuragim şunçaki urmagay,

Muhabbatim şunçaki emas!

Ötirmasman dilimni doğlab,

Zoğlar çiqib olsa tegramga.

Yaxşilikni nonday uluğlab,

Siğinaman faqat Egamga.

Şunçakimas dardlarim, şaksiz,

Bekorgamas ayriliq, diydor.

Hayot menga yuborgan taşviş,

Sinovlarda bir xosiyat bor.

Qizğaldoqlar menga dugona,

Döstim erur jumlai başar.

Men yiğlasam bölib parvona,

Atrofimda aylanar quşlar.

Şunçaki kelmadim dunyoga şu kez,

Heç şunçaki yaşolmasman, bas.

Yuragimni örtaydi bir his,

Tuyğularim şunçaki emas!..

Aziza MADRAHIMOVA.

 

Qaçon körişamiz?

Hayot bir imtihon, sinovlari möl.

Ajralişdi qöllar, ayro tuşdi yöl.

Körişgunça xayr, jonim omon böl.

Qaçon körişamiz, Xudo biladi!

Ketaman, deganga sabab şart emas.

Mensiz yaşaş senga oğir dard emas.

Öz sözidan qaytgan aslo mard emas.

Qaçon körişamiz, Xudo biladi!

Men-çi jim, tilimni yutgança qoldim.

Qölimda gulimni tutgança qoldim.

“Har doimgi joy”da kutgança qoldim.

Qaçon körişamiz, Xudo biladi!

Bilaman, izingda oşiqlar töpdir.

Nigohing közimga qadalgan öqdir.

Körsam, senga aytar gaplarim köpdir.

Qaçon körişamiz, Xudo biladi!

Sen ketding, yölingda qoldim intizor.

Közlarimga sensiz ikki dunyo tor.

Yana körişmoqqa umidlarim bor...

Qaçon körişamiz, Xudo biladi!

Bir kun şum şaytonning tegib laʼnati.

Çin dunyoga ketsak, kelib navbati.

Men – bir dözaximan, sen – bir jannati.

Qaçon körişamiz, Xudo biladi!

Sözlarimga quloq osmading, ay, yor.

Özingça mağrursan, özingça ayyor.

Ming marta söradim – javobing tayyor:

– Qaçon körişamiz?

– Xudo biladi. . .

Komronbek Kamol,

Qangli ovuli.

 

Mehr – közda

Dardga davo istasang,

Şunday şifo bor sözda.

Buni unutmang aslo,

Azizlar, mehr – közda.

Qalb tasalli istasa,

Sözga böladi muhtoj.

Bunday paytda, ey döstim,

Qovoq uyma, qalbing oç.

Seni kutar oilang,

Ota-onang intizor.

Soğingansan-ku axir,

Bir bor sen ham yöqlab bor.

Axir diydor ğanimat,

Ularni sen yöqlab qöy.

Yaqining gar yöqotsang,

Qolar undan şirin öy.

Umr – oqar bir daryo,

U heç qaçon töxtamas.

Baxtli ötgan bugunga,

Ertangi kun öxşamas.

Yana aytaman takror:

–Mehr – közda, unutma.

Arazlagan yaqining,

Qaçon kelişin kutma!

Sen uning yoniga bor,

Könglin olgin va yaraş.

Yelkangdan toğ yiqilsin,

Özgarsin, dunyoqaraş.

Iroda Yerdoşeva,

38-maktab öquvçisi.

 

Ustoz

Kunlar sayin soğinçlardan qaynaydi qalb,

Ustozlarim mehri sabab, bilmayman dard.

Uluğ neʼmat, uluğ qadr sizga bölsin,

Siz anglatgan dunyolarga tegmaydi gard.

Şöxligimiz kötargan ham siz bölasiz,

Könglingizga tegar bölsak, jim kulasiz.

Şogirdingiz yuragida siz hamişa,

Ustozlarim, mangu porlab turasiz.

Dildora RAJABOVA.

 

Dil isyoni

Xoinlar bor azaldan:

Xiyonatdir quroli.

Nomardlik heç ölmagan,

Axrimanning qaroli.

Manqurt misol kimsalar

Tuğilsa kim gunohkor?

Kimdir emas, butun xalq

Bölar dardga giriftor.

Ona, angla kimliging,

Farzandingni öldirma.

Ota, sendan uluğroq

Köngillarni sindirma.

Vatan – bu men, deganlar

Hayot içra maşʼaldir.

Dil ziyoga yöğrilsa,

Iblislari qamaldir.

Bedor bilar: yurt nedur,

Uyğoq ötar hamişa.

Jism omon tuğilgay,

Ruh tuğilsa pokiza.

Qalbi zahar, til şirin,

Çin öğlingman demasin.

Maddohlari kerakmas,

Uluğ yöldan yurmasin.

ÖZI bergan suyuk xalq

Ul kungaça ölmaydi.

Bandasining zulmidan

Fariştalar asraydi.

Şahzod Anvar.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026