Oçiqlik va oşkoralik yölida
Bugungi kunda tumanimizda 3 ta ommaviy axborot vositalari – tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman kengaşi muassisligidagi "Taraqqiyot közgusi” gazetasi, tuman hokimligi muassisligidagi Amudaryo televideniyesi va www.amunews.uz veb-sayti faoliyat körsatmoqda. "Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga köra uşbu ommaviy axborot vositalari öz muassislari bölgan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining rasmiy xabarlari va materiallarini, şuningdek normativ-huquqiy hujjatlarini eʼlon qilib kelmoqda. Öz navbatida muassislar – tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengaşi ham yuqoridagi qonunga muvofiq uşbu ommaviy axborot vositalarining çiqarilişini taʼminlab, tahririyatlarning rivojlanişiga imkoniyat yaratib kelmoqda. Natijada, "Taraqqiyot közgusi” gazetasi 2012-yilgaça har oyda 2-marta çop etib kelinayotgan bölsa, 2013-yildan boşlab oyiga 3-marta çiqmoqda. 2014 yildan boşlab esa gazetamiz oyiga 4-marta çop etilişi rejalaştirilmoqda. Amudaryo televideniyesi taşkil qilinganidan beri ötgan 3-yildan köproq vaqt içida 500 dan ortiq teleefir materiallari tayyorlanib, tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarini özida aks ettiruvçi yuzlab maxsus körsatuvlar va informatsion lavhalar efirga uzatildi. 2012-yil 12-sentyabrda tuman hokimining "Amudaryo tumani hokimligi muassisligidagi www.amunews.uz veb-sayti faoliyatini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 504-sonli qarori qabul qilinib, veb-sayt faoliyatini rivojlantiriş böyiça maxsus dastur tasdiqlandi va u har kuni yangilab borilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶