TERIM QIZĞIN DAVOM ETMOQDA
“Kuyukköpir” ovulidagi “Doston paxtakor” fermer xöjaligining jami yer maydoni 41 gektarni taşkil qiladi. Bu yil şundan 27 gektariga paxta ekildi. Dehqonlar uçun oğir keçgan bu yilgi şaroitga qaramasdan barça qiyinçiliklarni yengib ötgan xöjalik işçilari daladagi ğöza nihollarini yetiltirib parvarişlaşga erişişdi.
–Paxta ekilgan barça maydonlardagi ğöza qator oralari har suğoriş oldidan şudgor qilindi-, deya sözlaydi fermer xöjalik raisi Amin Matyakubov.
–Suğoriş bilan birga mahalliy öğit bilan şarbat usulida oziqlantirilib ham borildi. Nihollarni oziqlantirişda kimyoviy öğitdan ham foydalanildi. Işçilar bilan birgalikda paxtadan möl hosil yetiştiriş uçun bor kuç-ğayratimizni sarfladik.
“Doston paxtakor” fermer xöjaligida paxta dalalaridagi hosilni terib olişga 11 nafar pudratçidan taşqari, 60 dan ziyod terimçilar jalb qilindi. Ilğor terimçilardan Zamira Ernazarova, Dildora Tangriberganova, Oliya Matyokubova, Nigora Bobojonova va boşqalar kuniga 100 kg.dan ziyod paxta terib topşirib, xöjalikning rejasi muddatidan oldin bajarildi. Davlatga rejadagi 54 tonna örniga şu kunga qadar 63 tonna paxta topşirildi. Fermer xöjalik terimçilariga terilgan paxta uçun şu kunning özida ham tölab borilmoqda. Şuningdek, tuşlik mahalida issiq ovqat ham berilmoqda.
-Biz hozirça paxtadan 100 mln.dan ziyod sof daromad olişni çamalayapmiz. Şunga yaraşa rejalarimiz ham bor. Xöjaligimiz tomorqalarini kengaytirib, servis xizmat körsatişni yölga qöyişni va iş örinlarini kööraytirişni möljallayapmiz-, deydi mamnuniyat bilan “Doston paxtakor” fermer xöjaligi raisi Amin Matyokubov.
Xöjalik dalalarida hali hosil möl. Tergan paxtalari uçun har kuni pul olib, mablağga ega bölayotgan terimçilar kötarinki ruh bilan terim surʼatini yanada oşirişmoqda.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶