DEHQONÇILIK DAROMADLI SOHAGA AYLANMOQDA
Uzoq yillar paxtaçilik brigadasini boşqargan otamdan örgangan tajribalarimga tayanib, men ham fermer böldim. Xöjalikni yuritiş uçun hisob-kitobni puxta yuritiş, sohaga joriy etilayotgan yangilik larni örganiş, islohotlar talabi darajasida işlaş lozim ekan.
Astoydil intilgan dehqonning mehnati yerda qolmaydi. Xöjaligimizning 40 gektar paxta maydonida yuqori hosil yetiştirişga erişdik va rejadagi 83 tonna paxta yiğib-terib topşirib, 1-oktyabr kunigaça umumiy hosilimizni 90 tonnaga yetkazdik. Biroq terim davom etayapti, dalalarimizda hosil esa hali möl.
Terimçilarni dala boşida har kuni issiq ovqat, çoy bilan taʼminlab, terilgan paxta puli öz vaqtida hisob-kitob qilinayotgani yillik rejani barvaqt ado etişimizga asos böldi.
Ha, dehqonning mehnati qadrlansa, şaroit yaratilsa, natijasi ham quvonarli bölar ekan.
Xöjaligimizda paxtadan taşqari 4 gektar kartoşka, 4 gektar buğdoydan ham yuqori hosil oldik. Buğdoydan böşagan yerlarga ekilgan sabzi, moş, kuzgi kartoşka kabi takroriy ekinlarimiz rivoji ham yaxşi.
Fidoyi mehnatlarimiz tufayli xöjaligimizning ham, ijaraçilarimizning ham joriy yilgi dehqonçilikdan daromadi yuqori böldi.
Ha, endilikda dehqonçilik ham daromadli sohaga aylanmoqda.
Kuzgi sarhisobda yuzlari yoruğ bölgan tumanimiz paxtakorlarini butun xalqini yuksak “oq oltin” xirmoni bunyod etilib, yillik şartnomaviy reja ado etilganligi bilan qizğin tabriklayman, maşaqqatli mehnatlarining barakasini tilayman.
Ismoil TAJIMUROTOV, “Tajimurotov Ismoil”
fermer xöjaligi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶