ÖQITUVÇI
Bugun yorqinroq nur soçganday oftob,
Bermoqda borliqqa harorat-la tob.
Çunki muhtaramlar içra muhtaram –
Zotlar uçun oçdi zamon yangi bob.
Şogirdlar deyinmi yoki kasbdoş,
Sizga quvonç ila aylayman xitob:
Yurtboşi şahdi-la har bir jabhada
Buyuk islohotlar – göyo inqilob!
Qadringiz çaqaga tenglagan edi
“Özimizdan çiqqan” bir neça arbob.
Dodingni aytarga dodgoh topolmay
Dardlaring içingda edi, dil kabob.
Ustoz, murabbiylik qayta topdi şon,
Endi sizdan ğayrat – munosib javob.
Yangiça uslublar toping, kaşf eting
Imkon, vaqt bemalol öqişga kitob.
Ilmingiz oşiring, ijodga şönğing:
Keçqurun fermerga bermaysiz hisob.
“Köçani tozala! Gazga pul yiğ”, deb
Oqsoqol zarda-la qilolmas itob.
Elga fido bölmoq fursati yetdi,
Vatan Sizdan sörar yutuq – sarhisob.
Örganing, örgating ilmsizlik uyat,
Ilmsiz boylik ham bir köpik – hubob.
Dunyoni yelkaga olar şogirdlar
Sidq ila örgating fanlarni bob-bob.
Şogirdlar “ustoz”, el “domla” deb siylar,
Bu ulkan mukofot, tengi yöq savob.
Takror umr berib: “tanla kasb”, desa,
Yana muallimlik sörardim şitob.
Bayram ham muborak! Soğ, omon böling,
Tilayman yoruğ yuz, umr fayziyob!
Tursunboy ABDULLAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶