Jayxun ilhomlari
IFORI TARONA
(Çokar ğazaliga muxammas)
E, gözal jonim, mohi tobonim,
Şakkarafşonim, şirin zabonim,
Sursam davronim, keldi zamonim,
E, mehribonim, mohi jahonim,
Xurşidi sonim, oromi jonim.
Sohibi qudrat yaratmiş xilqat,
Bir komil fitrat, bir pari surat.
Menda ne jurʼat, Senda ne siyrat –
Şamşodi qomat, xurşidi talʼat,
Koni latofat, sarvi ravonim.
Körsam ahyonda, hislar tuğyonda,
Közim giryonda, loldir zabon-da,
Qolsam ziyonda, ötsam armonda,
Sendek jahonda mahvaş qayonda
Yöqdir makonda budur gumonim.
Karam et kam-kam, aylama mulzam,
Qultum suvi ham men uçun zam-zam,
Etmasang malham haddimdur barham,
Sen bila hamdam bölmasam birdam,
Köyingda ölsam, böyningda qonim.
Izn özingdin, yursam izingdin,
Çangu tözingdin, xonman sözingdin,
Xilvat tuzingdin, şakkarezingdin,
Qoş-u közingdin, şirin sözingdin,
Oydek yuzingdin aylansin jonim.
Har şomu sahar xayoling rahbar,
Iddaong magar – boşima afsar,
Çust aylab kamar Tursun safarbar
E, mohipaykar, xurşidi anvar,
Men senga Çokar, sarvi ravonim.
Tursunboy Abdullayev.
Dadamni eslab...
Döstlaringiz yurganida yurolmay,
Bu dunyoda baxtli davron surolmay.
Armon qilib, böyimizni körolmay,
Oramizdan erta ketgan dadajon.
Ekin ekib hosilini terolmay,
Orzu qilgan töylarimiz berolmay.
Nevarangiz qiziqlarin körolmay,
Oramizdan erta ketgan dadajon.
Ayta olmay qolgan ne bir sözingiz,
Köz oldimdan ketmas bosgan izingiz.
Yetim bölib ösdi öğil-qizingiz,
Qaytib kelmas bölib ketgan dadajon.
Közlarim izlaydi, topolmas, tolar,
Soğinib yuragim dardlarga tölar.
Dasturxon yoniga kelsak, barimiz,
Örningiz böş körib közimiz tolar.
Men qöşiq kuyladim, qölimda sozim,
Dadajon, qançalab men şeʼrlar yozdim.
Axir Siz qölimga qalam tutqazgan,
Dadajonim mening – aziz ustozim.
Aydos Ibodullayev.
OILAM
Dadajonim, dadajon,
Siz judayam mehribon.
Quvontirib yurasiz,
Bölaman doim şodon.
Oyijonim, oyijon,
Siz tanhosiz çiroyda.
Sizdagi xislatlar yöq,
Qarang, hattoki oyda.
Opajonim, opajon,
Bölay oqila singil.
Aytganingiz qilaman,
Yumuş bölsa har qaçon.
Akajonim, akajon,
Bittagina jonajon.
Işin bilib qiladi,
Hammamizga mehribon.
Yana bitta opam bor,
Erkaligim kötarar.
Oilada men kenja,
“Kiçkintoy” deb suyarlar.
Muxlisa RAJABOVA, 12-maktab öquvçisi.
Tadbirkorlik zamoni keldi
Mehnat qilib, boğlar yaratib,
Dovruğini elga taratib,
Dunyo ahlin özga qaratib,
Işlaşning bir imkoni keldi,
Tadbirkorlik zamoni keldi.
Qölga olib butun imkonni,
Bölmasin deb xor-u zorlikni,
Örganing deb tadbirkorlikni,
Yurtboşimning farmoni keldi,
Tadbirkorlik zamoni keldi.
Soğlom turmuş tarzini közlab,
Insonlarning dardini sözlab,
Boy bölişlik sirlarin izlab,
Yaşamoqning davroni keldi,
Tadbirkorlik zamoni keldi.
Bir narsani ikki qilay, deb
Topganingni yurgin halol yeb.
Möldan bölsin sandiğingda zeb,
Davrning omon-omoni keldi,
Tadbirkorlik zamoni keldi.
Öylab bugun barça yoşlarni,
Termulgan şu qalam-qoşlarni,
Bilaklari ezar toşlarni,
Yoşlarning zör imkoni keldi,
Tadbirkorlik zamoni keldi.
Tursunboy Dösçanov.
Ey öğlon
Tunda yurma kunduz yur,
Öğri bölma töğri böl.
Birovga çoh qazima,
Adaşmagin, halol böl.
Vatan tanho, yagona,
Taʼzim qilgin tuproqqa.
Bobolardan meros bu,
Asra köz-u qaroqda.
Töğri yöldan yur doim,
Maslahatim köp senga.
Yoşgina umring xazon,
Bölmasin aro yölda.
Xazon bölma, yançilma,
Maysadek ungin-ösgin.
Daraxt bölgin boğlarda,
Şirin mevalar bergin.
Nomaʼlum kimsalarga,
Ixtiyoring bermagin.
Aldamçi köçalarga,
Kirib xor-zor bölmagin.
Öqi, izlan, ol saboq,
Tengdoşlardan ol ibrat.
Tonglaring bölgay porloq,
Marra seniki, albat.
Zuhra Ahmedova.
KAPALAK
Kapalak, hoy kapalak,
Qanotlaring kamalak.
Tutolmasdan men seni,
Böldim-ku juda halak.
Endi tutdim, deganda,
Yana uçib ketasan.
Gullarimga qönib sen,
Gözal çiroy berasan.
Fazilat Hayitboyeva,
31-maktab öquvçisi.
HAYoT
Hayot beşafqatdir, dardlarga töla,
Kimga qayğu, kimning omadi kular.
Baxt ham, baxtsizlik ham keladi qöşa,
Sinov, maşaqqatli biz yurgan yöllar.
Men-çi, ulkan yölning boşida turgan
Bandaman: Özingdan kutaman najot.
Atrofimda izğib, payt poylab yurgan
Balolardan omon, saqlagin hayot!
Şahrizoda Muhammadjonova,
30-sonli maktab öquvçisi.
TILAK
Köça yuzin supurar yigit,
Tozalovçi u, adaşmasam.
Maşinada loyni saçratib,
Bir boyvaçça ötar tösatdan.
Yigit şörlik tutaqib ketar,
Qahri kelib qaynaydi qoni.
Heç kimsa yöq uni ovutar,
Sökar nogoh, bir kam dunyoni.
Yuragimni ezib borar ğam,
Borib uni yupatgim kelar.
Supurgisin olib qölidan,
Hayot qadrin anglatgim kelar.
Şu bolaning könglidayin sof,
Mening uşbu aytar tilagim:
«Boyvaççaning öğliga insof,
Şu yigitga omad ber, Tangrim!”
Aziza MADRAHIMOVA.
ONAJONIM
Onajonim, aziz volidam,
Mehribonim suyançiğimsiz.
Közlarimga nursiz har bir dam,
Munis onam, siz dilkaşimsiz.
Bolaligim qömsayman mudom,
Alla aytgan çoğlaringizni.
Böylarimdan aylanib doim,
Erkalatgan onlaringizni.
Soçlarimni ohista tarab,
Mayda qilib örib qöygansiz.
Betob bölsam boşimni silab,
Parvonalar bölib turgansiz.
Ilm oldim, kasbim ham bordir,
Öğil-qizim, yorim ham bordir.
Onajonim, siz bilan menga,
Baxt-u şodlik hamişa yordir.
G.Bozorboyeva,
73-maktab öqituvçisi.
DÖSTIMGA
Mening bitta döstim bor,
U judayam mehribon.
Yuragida öt-olov,
Yengolmaydi bizni yov.
Uning ismi Şohinur,
Judayam mehribon qiz.
Birgalaşib ikkimiz,
Bölamiz katta yulduz.
Bor bölsin döstlar har on,
Döstsiz qolmasin inson!
Şohinay ŞOMURODOVA.
Öksitma, bu öksik qalbimni
Ortingdan ergaşgan soyangdirman men,
Qoçmoqqa heç imkon topolmassan sen.
Hadya et menga yor, bitta tabassum,
Ğamlarim qalbimdan butkul yöqolsin.
Orzular ummoni içra yaşayman,
Jonimdan ortiq yor, sevsam netay men.
Kel endi yonimga bir zum bölsa ham,
Sensiz bu dunyoning doim biri kam.
Qalbimda muhabbat çaqmoği çaqar,
Yurakni bu sevgi azoblab yoqar.
Közimdan daryodek yoş qaynab oqar,
Öksitma bu öksik qalbimni sen ham.
Oysanam Tilovmurodova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶