HAP BIP MAHALLA, OVULDAFUTBOL MAYDONI BAPPO ETILADI
Yoş avlodning har jihatdan barkamol bölib voyaga yetişida sportning örni juda muhim. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boşlab sportning ommaviyligiga erişiş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar özining ijobiy samaralarini berayotganiga hammamiz guvohmiz.
Yaqindagina –18-avgust-2-sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang şaharlarida bölib ötgan XVIII Osiyo öyinlarida sportning 30 turi böyiça iştirok etgan 234 nafar sportçilarimizning 45 ta mamlakat sportçilari orasida eng kam tarkib bilan bölsa-da, umumjamoa hisobida beşinçi örinni egallagani, 21 ta oltin, 24 ta kumuş, 25 ta bronza medalni yengib olgani ham sportga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan şaroitlar natijasidir.
Endilikda mamlakatimizda sportning futbol turi ham rivojlanişi va bu borada ham salmoqli yutuqlar qölga kiritilişiga asos yaratildi. Bu asos Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yiğinlarida sportning futbol turini yanada rivojlantiriş hamda fuqarolar yiğinlari raislarining örinbosarlari – yoşlar masalalari böyiça maslahatçilarni moddiy rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroridir.
Qarorga muvofiq aholining, xususan, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari, futbol bilan muntazam şuğullanişlari uçun mahallalarda zarur şart-şaroitlar yaratiladi. Qaror bilan davlat-xususiy şeriklik asosida zamonaviy futbol maydonlarini taşkil etiş böyiça “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini amalga oşiriş tartibi belgilangan.
Endilikda har bir mahallada davlat-xususiy şeriklik asosida nodavlat taşkilotlari va taşabbuskorning öz mablağlari, şuningdek, boşqa manbalar hisobiga futbol maydonlari quriş uçun bepul yer ajratiladi.
Şunisi eʼtiborliki, futbol maydonlarida mazkur mahalla yoşlarining maʼlum vaqtda bepul şuğullanişlari taʼminlanadi.
Bu vazifalarni sidqidildan bajarib, öz mahallasida yoşlarni futbolga faol jalb etgan va yoşlar orasida jinoyat, huquqbuzarliklar kabi köngilsiz holatlar sodir etilişining oldini olişga erişgan fuqarolar yiğinlari raislarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçilarini rağbatlantirib boriş tartibi ham mazkur qarorga muvofiq qabul qilingan “Mahalla fuqarolar yiğinlari raislari örinbosarlari –yoşlar masalalari böyiça maslahatçilarni moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisida”gi Nizomga muvofiq belgilab berilgan.
Qarorga muvofiq amalga oşirilişi belgilangan vazifalar mamlakatimizda, şu jumladan, tumanimizda yoşlarni soğlom qilib tarbiyalaşga, iqtidorli yoşlarni futbolga jalb etişga xizmat qiladi. Şuning uçun ham qaror ijrosini taʼminlaşga sidqidildan harakat qilamiz.
Suratda: Arna böyi mahallasi birinçiligi uçun ötkazilgan futbol musobaqalari ğolib jamoasi.
Otabek IBPAGIMOV, özini özi boşqariş organlari faoliyatini
muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisi örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶